Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

«So‘g‘diyona»ning OFK kubogida raqibi tarkibini 4 futbolchi bilan kuchaytirdi

«So‘g‘diyona»ning OFK kubogida raqibi tarkibini 4 futbolchi bilan kuchaytirdi

Baho:
+-1 | -

«So‘g‘diyona»ning OFK kubogi guruh bosqichida raqiblaridan biri — Turkmanistonning «Oltin asr» klubi qishki transfer paytida bir nechta futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

Jamoa Turkmaniston terma jamoasi darvozaboni Batir Babayevni o‘z safiga qo‘shib olgan. Ushbu posbon o‘tgan mavsumda «Nebitchi» sharafini himoya qilgandi.

Bundan tashqari, «Migrasiya» futzal klubi o‘yinchilari Ruslan Tajiyev va Arslan Saparov bilan shartnoma imzolandi.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda "Shagadam" safida to‘p tepgan himoyachi Movlamberdi Goshshanov Turkmanistonning amaldagi chempioni safiga o‘tdi. «Oltin asr» safiga yana bir qator yosh futbolchilar o‘tganini ta’kidlash lozim.

OFK kubogi "E" guruhida "Oltin asr" va "So‘g‘diyona"dan tashqari, «SSKA- Pamir» (Tojikiston) va «Neftchi» (Qirg‘iziston) klublari o‘rin olishgan. Guruh bosqichi o‘yinlari iyun oyi so‘ngida Dushanbe shahrida o‘tkaziladi.

Mazkur guruh g‘olibi Markaziy Osiyo mintaqasi g‘olibligi uchun «F» guruhi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Mintaqa g‘olibi keyingi bosqichga chiqish bilan birgalikda 100 ming dollar miqdorida mukofot puli oladi.

"Oltin asr" klubi Turkmanistonning 8 karra chempioni hisoblanadi. Jamoa 2005 yildan buyon OFK kubogi musobaqasida ishtirok etib keladi. Klub 2018 yilda finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Iroqning «Eyr Fors» klubiga yutqazgan (0:2).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:32, 22.03.2022.
O'qildi: 3241 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.