Madridning «Real» klubi yozda belgiyalik yarim himoyachi Eden Azardan qutulolmasligi mumkin.
Marca nashri insayderi Mario Kortegananing xabariga ko‘ra, Azar «Real»da qolib, 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasini oxirigacha klubda o‘ynamoqchi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» uning ketishini istamoqda, biroq uning transferi borasida haligacha takliflar yo‘q.
Aytishlaricha, Azar ham, uning oilasi ham Madridda baxtiyor va u imkoniyatdan unumli foydalanib, mashg‘ulotlarga har qachongidan ham ko‘proq ishlamoqchi.