Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvda Chilini 4:0 hisobida mag‘lub qildi.
O‘yin davomida braziliyaliklarning 2-goliga mualliflik qilgan Vinisiusning bu goli termadagi ilk muvaffaqiyati bo‘ldi.
Bungacha 21 yoshli vinger "pentakampeon"lar safida 11 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.