"Borussiya M" va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mattias Ginter o‘zining kelajagi va "Bavariya" haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.
"Bu haqda ko‘p gapira olmayman, hali qaror qabul qilingani yo‘q. O‘ylaymanki, qaror qabul qilishimga yana 2-4 hafta kerak bo‘ladi.
Men Flik bilan ham muloqot qilaman, uning fikrini tinglayman, lekin oxir-oqibat bu mening qarorim bo‘ladi", - dedi nemis futbolchisi.