Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bir intervyu ta’siri yoki 1993 yilga "qaytamiz"...

Bir intervyu ta’siri yoki 1993 yilga "qaytamiz"...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

1993 yil 18 mart kuni Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 144-sonli Qarori e’lon qilingandi. Bu mamlakatda futbolni rivojlantirishga bag‘ishlangan dastlabki hujjat edi. Voqea tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan va ma’lum muddat 18 mart o‘zbek futboli kuni sifatida nishonlangan. Ammo o‘shandan buyon hukumat tomonidan futbolga taalluqli hujjatlar muntazam imzolandi va 144-qarorning aksariyat bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi. Shu bois 18 mart chorak asr avvalgidek tarixiy ahamiyatga ega emas.

***

- Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha Qarorning qabul qilinishiga Mirjalol Qosimovning «Axborot» dasturiga bergan intervyusi sabab bo‘lgan. Suhbat davomida Qosimovdan O‘zbekiston chempionati bilan o‘zi bir yil avval qatnashgan Rossiya birinchiligi darajasini solishtirishni so‘rashgan. Savolning vujudga kelgani tushunarli, zero, intervyu uyushtirilishidan avvalroq o‘tkazilgan mavsumoldi turnirida «Paxtakor» raqibi (adashmasam, «Chirchiq» edi)ni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Tabiiyki, Mirjalolning solishtiruvi bizning mamlakat chempionati foydasiga bo‘lmagandi. O‘shanda o‘zbek futbolini rivojlantirish uchun nimalar qilish kerakligi bo‘yicha dolzarb masala o‘rtaga tashlandi. Natijada, bir necha hafta ichida Qaror tayyorlanib, u 1993 yilning 18 martida dunyo yuzini ko‘rdi. Darvoqe, Qosimov o‘shanda aytganlari uchun 3 oyga futboldan chetlatilgani haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Diskvalifikasiya bo‘yicha rasmiy ma’lumot bo‘lmagan, albatta. Lekin fakt fakt-ligicha qoladi: Mirjalol maydonga faqat may oyida qaytgan. Aynan shu sababli Qosimov va Valeriy Kechinov «Paxtakor»da birga o‘ynay olishmaganini qo‘shimcha qilish darkor: Valera 1993 yilning mayida Moskvaning «Spartak» klubiga ketgan. Ammo bu endi alohida mavzu.

«Axborot» dasturining o‘sha sonida «Paxtakor» bosh murabbiyi Ahmad Ubaydullayevdan ham intervyu olishgan, mazkur suhbat ham negativ munosabatlarga sabab bo‘lgandi. Natijada mavsum boshida «Paxtakor»da rahbariyat almashdi. Umuman, o‘shanda jamoa yil davomida o‘ziga kelolmadi. Biroq 1993 yili «Paxtakor» va «Neftchi» o‘rtasida bo‘lgan uchrashuvni O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yorqini sifatida baholash mumkin. Ikkinchi davra doirasida Toshkent-da o‘tkazilgan, «Paxtakor»ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan mazkur o‘yin sifati, ehtiroslarning junbushga kelgani va dramatik ssenariysi bilan yodda qolgandi.

Alisher NIKIMBAYEV

Manba: https://t.me/ANikimbaev, interfutbol.uz
Kiritildi: 07:43, 26.03.2022.
O'qildi: 2181 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.