Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Barsa" va "Real" "Atletiko"ni finalda taslim qilgan "Real Sosyedad"ga xabar yo‘lladi

"Barsa" va "Real" "Atletiko"ni finalda taslim qilgan "Real Sosyedad"ga xabar yo‘lladi

Baho:
+ | -

Shanba kuni Ispaniya Kubogi finali bo‘lib o‘tdi va unda «Real Sosyedad» penaltilar seriyasida «Atletiko» ustidan g‘alaba qozondi. «Matraschilar» o‘yin davomida ikki bor hisobni tenglashtirib, bahsni qo‘shimcha bo‘limlarga qadar olib borishdi, biroq ekstra-taymlarda gol urilmadi (2:2). O‘n bir metrli zarbalarni esa basklar jamoasi aniqroq amalga oshirdi (4:3).

Final uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay, «Barselona» va Madridning «Real» klublari o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali «Real Sosyedad»ni tabriklashdi.

"Real Sosyedad"ni Ispaniya Kubogidagi g‘alaba bilan qutlaymiz», — deb yozdi «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati.

"Real Sosyedad"ni va klub muxlislarini qo‘lga kiritilgan Kubok bilan tabriklaymiz», — deya g‘oliblarga yuzlandi «qaymoqranglilar» vakillari.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» turnirning yarim finalida «Atletiko»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi. Madridning «Real» klubi esa hali 1/8 final bosqichidayoq «Albasete»dan mag‘lub bo‘lib, ishtirokini yakunlagan.

Kiritildi: 10:28, 19.04.2026.
O'qildi: 5085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик