Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Real» yangi loyihani ikki futbolchi atrofida quradi

«Real» yangi loyihani ikki futbolchi atrofida quradi

Baho:
+ | -

Ispaniyada navbatdagi omadsiz mavsumdan so‘ng Madridning «Real» klubida jiddiy qayta qurish ishlari boshlanishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Katta ehtimol bilan, yozda Alvaro Arbeloa bosh murabbiylik lavozimini tark etadi, shuningdek, bir qator futbolchilar bilan xayrlashish borasida ham muzokaralar olib borilmoqda.

Diario AS nashrining xabar berishicha, o‘zgarishlarning Kilian Mbappe va Vinisius Juniorga mutlaqo aloqasi yo‘q — har ikki hujumchi «daxlsiz» deb hisoblanmoqda. Kelajakdagi loyiha aynan ularning atrofida quriladi.

Yaqinda «qaymoqranglilar» Chempionlar ligasi 1/4 finalida «Bavariya»dan mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etishdi. La Liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun esa endi faqat mo‘’jiza kerak — chempionat yakuniga yetti tur qolganda «Barselona»dan ortda qolish 9 ochkoni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 12:17, 19.04.2026.
O'qildi: 9464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик