Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Konor Gallaxer. Mavsum kashfiyoti haqida xulosalar

Konor Gallaxer. Mavsum kashfiyoti haqida xulosalar

Baho:
+ | -

Bu mavsum bizga bir-biridan ajoyib futbolchilarni kash etishda yordam berdi. Ular ichida «Krital Pelas»da ijara asosida harakat qilayotgan Konor Gallaxer ham bor. U Angliya terma jamoasiga chaqiruv olishga erishdi. Hozir esa qishdagi Jahon chempionatida qatnashish uchun tarkibning asosiy da’vogariga aylangan. Mavsumni yuqori notada boshlagan 22 yoshli «ijarachi», «burgutlar»ning Roy Xodjsondan keyingi davrda APLda qolish uchun kurashida asosiy figuradan biri bo‘lib kelmoqda. U 2021-2022 yilgi mavsumning hozirgi qismiga qadar «Kristal Pelas»ni elitada olib qolishda eng ko‘p jonbozlik ko‘rsatdi. Shunday qilib, klubga kelgan Patrik Viyeyraning yoshlarga muhabbati «Selxerst Park»dagi inqilob bilan qo‘shilib, londonliklarning naq uchta futbolchisini terma jamoaga chaqiruv olishi bilan yakun topdi.

«Kristal Pelas»ning uch futbolchisi Garet Sautgeyt tomonidan tanlab olingan bo‘lsa, ulardan ikkitasi: Mark Gexi hamda Tayrik Mitchell «Uch Sherlar» jamoasida debyut qildi. Ularning debyuti Shveysariya bilan o‘rtoqlik uchrashuviga to‘g‘ri kelgan edi. Shuningdek, ushbu bahs Konor Gallaxer uchun terma jamoadagi dastlabki start-o‘yin bo‘ldi. Yarim himoyachining o‘yini barchani lol qoldirgan. Xususan, Gallaxer o‘zi bilan birga harakat qilgan akalari, Xenderson hamda Mountdan ko‘ra, yaxshiroq taassurot qoldira oldi.

Gallaxer Shveysariyaga qarshi faol o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limdagi harakatlari, futbolchining yuqori saviyasidan darak berdi. U dastlabki taymning eng yaxshi futbolchisi edi. Xususan, Konorning maydon markazidagi faolligi jamoasiga foyda keltirdi va klubdoshi Uolker-Pitersni oldinga chorladi. Natijada esa Angliya hisobni tenglashtiruvchi golni tez orada kiritdi. Uolker-Piters bilan ovvora bo‘lib qolgan raqib, Gallaxerni unutib qo‘ydi. U esa Shouga qulay pas berdi va hisob tenglashtirildi. Tanaffusdan keyin ham Gallaxer inglizlarning hujumini bog‘lab turishda muhim o‘rin tutdi. Aynan uning harakatlari Shveysariyani o‘z yarim-maydoniga qamalib qolishida qo‘l keldi. Shunga qaramay, Sautgeyt Gallaxerni o‘yin tugashiga yarim soat qolganida zaxiraga olishga majbur bo‘ldi.

Faol va harakatchan Gallaxer o‘rniga bir qadar tajribali hamda ishonchli bo‘lgan Deklan Rays tushiriladi. Ammo bu voqea yosh yarim himoyachining zarariga emasdi. Chunki u bir soat davomida o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Gallaxer Angliyaga o‘yinni ko‘proq nazoratda ushlab turish uchun juda zarur figuradir. 22 yoshli ingliz «box-to-box», ya’ni o‘zining ham, raqibning ham jarima maydonchasi ichida birdek foydali futbolchi ekanini ko‘rsata oldi. Angliyaning shveysarlarga qarshi o‘yini shuni ko‘rstib berdiki, inglizlar tarkibida hech bir o‘yinchi Gallaxerdagi kabi xoslikka, qudrat va ruhiyatga ega emas. U bemalol o‘yinlarda burilish yasay oladigan darajaga chiqib ulgurgan. Bor-yo‘g‘i, o‘tgan yilning noyabrdan buyon terma jamoada mavjud bo‘lgan Gallaxer, Sautgeytning 23 talik tarkibiga kirishga to‘la haqli. U o‘z mahorati bilan Qatarga uchadigan Angliya MTJ samolyotidan joy ola biladi.


Ha, aytgandek, «Chelsi» muxlislarini mana shunday yetilgan yana futbolchiga erishgani bilan tabriklaymiz. Konor Gallaxerni yangi mavsumdan yana «aristokratlar» libosida kӯrsak kerak.

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 15:53, 28.03.2022.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.