Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Guus Xiddink PSVda ish boshlaydi

Guus Xiddink PSVda ish boshlaydi

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Guus Xiddink PSV klubida Rud van Nistelroy boshchiligidagi murabbiylar shtabi koordinatoriga aylanadi. Bu haqda Voetbal International xabar tarqatmoqda.

Shu tariqa Gus Xiddink uchinchi marta PSVga qaytmoqda. Bungacha mutaxassis 1984 yildan 1987 yilgacha bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan bo‘lsa, keyin 1990 yilgacha o‘zi jamoani boshqargan. Keyinroq Hiddink 2002-2006 yillarda "PSV Eyndxoven"da ishlagan.

Avvalroq PSV bosh murabbiyligiga jamoaning sobiq futbolchisi Rud van Nistelroy tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Hozirda niderlandiyalik sobiq hujumchi PSV (U-21) jamoasida ishlamoqda.

PSV bu mavsumda 64 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Ayaks»dan ikki ochko ortda qolmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Rojer Shmidt avvalroq joriy mavsum yakunida bosh murabbiylikdan ketishini malum qilgandi.

Kiritildi: 10:08, 29.03.2022.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик