Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

Luis Dias: «Liverpul» o‘yinlarini anchadan beri kuzataman»

Luis Dias: «Liverpul» o‘yinlarini anchadan beri kuzataman»

Baho:
+ | -

Luis Dias mersisaydliklarning qishki transferlar oynasidagi ilk va yagona, lekin shu bilan birga, o‘ta muvaffaqiyatli xaridi bo‘ldi. Portugaliya grandi - «Portu»dan 45 million yevro evaziga «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan Dias klub rasmiy saytiga ilk intervyusini berdi.

- Luis, xush kelibsiz! Ilk taassurotlar qanday?

- Avvalo, qabul qilganingiz uchun katta rahmat. Ushbu buyuk klubda ekanligimdan juda xursandman. Allaqachon jamoadoshlar, katta futbolchilar va «Liverpul»­ning haqiqiy rasmiylari bilan til topishishga ulgurdim.

- Transferingiz e’lon qilinganida, terma jamoangiz ixtiyorida edingiz. Kolumbiya bu xabarni qanday qabul qildi?

- Yurtimda bu xabar katta portlash kabi kutib olindi. Una locura - bizning tilda aytganda, telbalik.Hammasi shunday bo‘lgani va transfer amalga oshganidan juda xursandman. Chunki bu Kolumbiya futboli uchun tarixiy voqelik, u yerdagi barcha muxlislar bundan juda hayajonda. Barcha yaqinlarim - oilam, do‘stlarim, ota-onam mendan xursand bo‘lishdi.

- «Liverpul» va Premyer-liga haqida nima deya olasiz?

- «Liverpul» o‘yinlarini anchadan beri kuzatib kelaman. Premyer-liga dunyoning eng yaxshi ligalaridan biri va men ham millionlar kabi bolaligimdan ingliz futbolini tomosha qilaman. «Liverpul»ga kelsak, menimcha, ko‘p marta aytilgan gaplarni takrorlashning hojati yo‘q. Ajoyib klub, ko‘plab kubok va unvonlarni qo‘lga kiritgan haqiqiy etalon.

- O‘yin uslubingiz «Liverpul»ga mos keladi, deb o‘ylaysizmi?

- Menimcha, ha. Bu yerga o‘tishga rozi bo‘lishimning asosiy sabablaridan biri ham aynan shu. Hozir mavsumning muhim pallasi va men to‘liq tayyor bo‘lish uchun ko‘p mehnat qilishim kerak.

- Yurgen Klopp haqida nima deya olasiz?

- Portuda «Liverpul» bilan to‘qnashganimizda, Yurgen Klopp juda yaxshi taassurot qoldirdi va bu masalaning faqat futbol tomoniga tegishli emas. U bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman va bu menga, faoliyatimga yordam beradi, deb umid qilaman. «Liverpul»da talablar juda yuqori va men buni yaxshi bilaman.

- «Liverpul» o‘yinlarini kuzatib kelganingizni aytdingiz. Ko‘p o‘yinlarini ko‘rganmisiz?

- Aytish qiyin. Chempionatning joriy mavsumida, menimcha, aniq beshta o‘yinni tomosha qildim. Chempionlar Ligasida esa hammasini kuzatdim, lekin o‘shanda bor e’tiborimni «Portu»ga qaratgandim. Imkoniyat bo‘lganda, «Liverpul»ning yirik o‘yinlarini tomosha qilishga harakat qildim.

- 23-raqamni oldingiz. Nimaga?

- Professional faoliyatimni «Atletiko Xuniors»da shu raqamda boshlaganman. Aynan o‘sha yerda futboldagi ilk qadamlarimni qo‘yganman. Demak, aynan shu raqam bilan futbolchi bo‘ldim. Shuning uchun buni mantiqan to‘g‘ri qaror deb hisobladim. Endi bildimki, Jeymi Karrager va Robbi Fauler ham «Liverpul»da aynan 23-raqam ostida harakat qilishgan. Shubhasiz, men bunga munosib bo‘lishim, yaxshi o‘ynashim va jamoa, murabbiylar shtabiga qo‘limdan kelganicha yordam berishim kerak.

- Va nihoyat, muxlislarga nima degan bo‘lardingiz?

- Tezlik, mahorat, to‘p texnikasi va dribling borasida jamoaga ko‘p narsa keltira olaman, deb o‘ylayman. Bu mening futbolchi sifatidagi kuchli tomonlarim. Qolaversa, gol ham ura olaman! Umuman olganda, muxlislarga salom aytaman va jamoa uchun borimni berib o‘ynashga va’da beraman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:40, 29.03.2022.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.