Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«MYU»dagi «Ronalduchi» Messi yonida. Bir vaqtning o‘zida Ronaldu va Messi bilan jamoadoshga aylangan «Atletiko» javohiri!

«MYU»dagi «Ronalduchi» Messi yonida. Bir vaqtning o‘zida Ronaldu va Messi bilan jamoadoshga aylangan «Atletiko» javohiri!

Baho:
+ | -

Alexandro Garnacho Ferreyra «Atletiko» akademiyasi a’zosi edi. U atigi ikki yil ichida o‘ta tez su’ratlarda o‘sishga erishib, Argentina terma jamoasiga kutilmaganda chaqiruv oldi. Qobiliyatli chap qanot vingeri 17 yoshda bo‘lishiga qaramay, Argentina ustozi Lionel Skaloni uni 44 ta futbolchidan iborat tarkibiga jalb etdi. Messi boshchiligidagi jamoa Venesuela hamda Ekvador bilan kuch sinashish uchun yig‘ilgan edi. Garnacho «Atletiko»dagi paytlarida «javohir» deb nom olgandi. Uning qattiq mehnati besamar ketmadi. U avval «MYU», keyin esa Argentina termasiga qo‘shildi.

Garnacho Krishtianu Ronalduni qoyil qoldirgan yosh talantlardan biridir. Shu bilan birga u uzoq yillar davomida portugaliyalik muxlisi sifatida yettinchi raqamda harakat qilgan. Ammo yosh hujumchi «qizil iblislar» safida 11'ni olgan. Garnacho «Everton» yoshlariga qarshi urgan golini Ronaldu uslubida nishonlagan edi («SIUU!» hayqirig‘i bilan). Uning ajoyib harakatlari terma jamoaga chaqiruv olishiga sabab bo‘ldi va Messi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazishini ta’minladi. 17 yoshli o‘spirin bu mavsumdan «MYU»ning 18 yoshgacha bo‘lgan tarkibida o‘yin o‘tkazmoqda. Garnacho Angliya kubogi bahslarida 4 ta gol urishga erishgan. Har ikki oyoqda o‘ynay oladigan yosh hujumchi 2020 yilda La ligadan Angliyaga yo‘l olgan uchinchi «go‘dak» edi. «Atletiko»dan tashqari o‘sha paytda «Real» (Alvaro Fernandesh) hamda «Barselona» (Mark Xurado)dan ham futbolchilar sotib olingan.

«Manchester Yunayted» matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Garnacho uchun «Real» hamda «BVB» kuchli qiziqish bildira boshlagan. Nuqsonsiz texnikaga ega bo‘lgan futbolchi to‘p bilan mohirona harakat qiladi va shu orqali istalgan himoyachini dog‘da qoldirishi mumkin. Madridlik bolakay o‘z shahrida «gol mashinasi» deb ham tasvirlangan. U 2015 yilda «Atletiko» akademiyasiga olib kelinadi. 2016 yildan esa «Atletiko B»da o‘ynay boshlaydi va Ispaniyadagi tengdoshlari ichida eng yaxshi to‘purarga aylanadi. Garnacho jarima maydonchasi ichida o‘ta xavfliligi bilan ajralib turadi va o‘ng oyog‘iga to‘g‘ri kelib qolgan to‘p raqib darvozasi to‘riga borib tushaveradi. O‘shanda uning haqiqiy yirtqichlardek harakatini ko‘rgan skautlar «MYU»ga olib ketishgan edi. Garnacho esa Manchesterda o‘z kumirining oldida bo‘lishga erishdi.

Garnacho to‘p tepa boshlagan dastlabki yillardanoq, uning imkoniyatlari oydinlasha boshlagan edi. Atigi 15 yoshida hujumchi «Atletiko»ning U19 jamoasiga qabul qilingani ham buni isbotlaydi. Garnacho bu mavsumdan «Manchester Yunayted»ning U19 hamda U23 jamoalarida ishtirok etib kelmoqda. Hujumchi hozirga qadar 28 ta o‘yinda 11 ta gol hamda 6 ta assist muallifiga aylangan. Bugun Garnacho Argentina terma jamoasi bilan, o‘zi sevgan Ronalduning uzoq davrlik raqibi bo‘lgan Messi yonida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Shunday qilib, Garnacho bir vaqtning o‘zida ham Messi, ham Ronaldu bilan jamoadoshga aylandi!

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 07:44, 30.03.2022.
O'qildi: 3405 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.