"Zenit" himoyachisi Deyan Lovren 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohni qo‘llab-quvvatladi.
“Saloh, boshingizni baland tuting. Siz va jamoangiz bilan faxrlanaman. Siz qo‘lingizdan kelganini qildingiz, Xudoning siz uchun katta rejalari bor. Kuchli bo‘ling birodar", - deb yozdi Lovren Twitter sahifasida.