"Yuventus" himoyachisi Jorjio Kyellini Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi.
“Endi Italiya tarixini boshqalar yozadi va bu tarix ulug‘vor bo‘ladi! Umid qilamanki, ular biz o‘tgan yozda boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni bir necha marta boshdan kechirishadi. FORZA AZZURRI!" — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Kyellini Italiya terma jamoasi tarkibida 2004 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.