«Inter»ning afsonaviy sobiq futbolchisi Juzeppe Bergomi «neradzurrilar» rahbariyatiga Romelu Lukakuni jamoaga qaytarishini tavsiya qilgan.
«Lukaku Italiyada eng yaxshi hujumchi edi. Edin Jekoni hurmat qilib aytishim mumkinki, «Inter» Lukaku bilan kuchliroq bo‘ladi.
Yozda Simone Indzagi menga Lukaku u bilan birga ishlagan eng kuchli hujumchi ekanligini aytgan edi. Agar men murabbiy bo‘lganimda, uni «Inter»ga qaytarardim», - deydi Bergomi.













