Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Neftchi" murabbiyi: "Bugun o‘ylagan rejamiz amalga oshmadi, muxlislardan uzr so‘raymiz""

"Neftchi" murabbiyi: "Bugun o‘ylagan rejamiz amalga oshmadi, muxlislardan uzr so‘raymiz""

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Durbek Umaraliyev qatnashdi.

"Jangovar o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun borini berdi. "Qizilqum" yangi murabbiy qo‘l ostida yaxshi jamoa shakllantirilmoqda. Bu futbol, bugun biz o‘ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. O‘yindagi ayrim vaziyatlar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi, ammo qo‘limizni tushurmaymiz. Tanlagan yo‘limiz bor, shunga qarab olg‘a qadam bosamiz", - dedi Durbek Umaraliyev.

- "Neftchi" jamoasi uchun dastlabki 4ta turda 1ta g‘alaba kam emasmi?

- Albatta kam! "Neftchi" har bir o‘yinda g‘alaba qozonish salohiyatiga ega. Mavsum shunday boshlandi. Yo‘qotilgan ochkolarni keyingi turlarda o‘rnini bosishga harakat qilamiz. Hammasi o‘z joyiga tushib ketadi.

- Oybek Qilichev va Husniddin G‘ofurov nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushishmadi?

- Asosiy tarkibni raqibga qarab tuzdik.

- "Neftchi" Kubokda ham "Qizilqum" bilan to‘qnash keladi. Taqvim jamoaingiz uchun og‘ir kelmadimi?

- Yo‘q, aprel oyida 6ta o‘yinimiz bor, uchta kubok, uchta Superligada. Nolishga hojat yo‘q. Taqvim barcha uchun bir xil.

- Ilhom Mo‘minjonov oldingi matbuot anjumanlarida "Neftchi" mavsumni kuchli uchlikda tugatmoqchi ekanligini aytgandi.

- Maqsadimiz o‘zgargani yo‘q. Qaytarib aytaman yo‘qotilgan ochkolarni keyingi turlarda qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

- Bugungi natija o‘yinga mosmi?

- Yo‘q, natija o‘yinga mos emas.

- "Neftchi" muxlislaridan bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘raymiz. Farg‘onadan kelib bizni qo‘llab quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi. G‘alabalari o‘yinlarimiz oldinda.

Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати
Kiritildi: 21:22, 01.04.2022.
O'qildi: 1611 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.