Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Kimning koshonasi qimmatroq?

Kimning koshonasi qimmatroq?

Baho:
+ | -

Jahon futbolining aksariyat yirik namoyandalari dabdabani xush ko‘rishadi. Xususan, turar-joy masalasida. Hammasi daromadga yarasha, albatta. Demak, quyidagi maqola mavzusi - futbol vakillariga tegishli eng qimmatbaho koshonalar.

Devid Bekxem

Devid va Viktoriyaga tegishli Londondagi qasrnamo uyning bahosi - 50 million dollar. Gap nufuzli Xolland Parkda joylashgan ko‘chmas mulk haqida ketmoqda. Taniqli xonanda Robbi Uilyams, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron va boshqa ko‘plab mashhur shaxslar shu hududda istiqomat qilishadi. Bekxemlar oilasi yashaydigan uyda 8ta yotoqxona, 7ta vannaxona, trenajyor zali, spa-salon, 4ta minikyur-salon, katta sahna va hattoki, ichki sharshara ham bor. Devid dunyoning turli nuqtalaridan umumiy bahosi chamasi 100 million dollarga teng ko‘chmas mulklarni sotib olgan, lekin eng hashamatli uyi aynan Londonda.

Ueyn Runi

Ueyn Runining Cheshirdagi ulkan saroyi 27 million dollarga baholangan. Uning tarkibida futbol maydoni, dam olish hududi, 2ta sun’iy ko‘l, basseyn va uy kinoteatri mavjud. «Shrek» bu ko‘chmas mulkni noldan qurdirgan, shuning uchun bahosi ancha baland.

Samuel Eto'O

Kamerun futboli afsonasi 25 million dollar turadigan villaga ega. Portofinodagi ushbu qasr vaqtida 1922 yili fir’avnlar qabrini topgan graf Karnarvonga tegishli bo‘lgan.

Jon Terri

«Chelsi»ning sobiq sardori Angliyadan chamasi 60 million dollarga ko‘chmas mulk sotib olgan. Uning tarkibidagi eng qimmatbaho koshona Sureydaning narxi - 21,5 million dollar. Saroyda hammasi mujassam - 7ta yotoqxona, 6ta vannaxona, basseyn, uy kinoteatri va boshqalar...

Tyerri Anri

Nyu-Yorkdagi ulkan inshoot barcha qulayliklarga ega: basseyn, bar, kafe va 12 metr­li akvarium. Tyerri ushbu orzu-uy uchun 15 million dollar to‘lagan.

Didye Drogba

APL tarixidagi afrikalik eng yaxshi futbolchilardan biri 2007 yili rossiyalik biznesmen Yuriy Sheflerdan Oksshott hududidagi qasrni xarid qildi. «Arzimas» 14,5 million dollarga. Barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan uy. Darvoqe, britaniyalik rok-n-roll afsonasi ser Kliff Richard Oks­shottda Didyega qo‘shni.

Frenk Lempard

«Chelsi» afsonasi Londondagi koshonaga 12,9 million dollar sarflagan. Keng va ochiq yotoqxona - uyning ko‘rki. Yana katta bog‘, yaltiroq jihozlarga to‘la oshxona bor. Qisqasi, dabdabali hayot uchun nima kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo etilgan.

Krishtianu Ronaldu

«MYU» yulduzi Portugaliya, Italiya, Angliya, AQSH va Ispaniyada ko‘chmas mulkka ega. Jumladan, futbolchi Tramp minorasi (Nyu-York) ichidagi koshona uchun 18,5 million dollar to‘lagan. Lekin keyinchalik uning bahosi ikki baravar tushib ketdi. Hozir Krishtianu ixtiyoridagi eng qimmatbaho ko‘chmas mulk - bu Madeyrada qad ko‘targan 10 million dollarlik qasr.

Lionel Messi

Argentinalik yulduzning Barselonadagi uyi atigi 5 million dollarga baholangan. Demak, Leo ko‘chmas mulkka pul sarflashni uncha xushlamaydi. U dabdabali avtomobillarni ko‘proq qadrlaydi. Deylik, Leo futbolchilar orasida eng qimmatbaho «toychoq»qa ega - gap bahosi 30 mln. dollarga teng Ferrari 335 S Spider Scaglietti haqida ketmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:24, 03.04.2022.
O'qildi: 5966 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.