"Borussiya Dortmund" futbolchisi yozda Angliyaga yo‘l oladi. Bu haqida Nemis jurnalisti Patrik Berger xabar qildi.
U Twitter'dagi sahifasida shunday yozadi: "Manuel Akanji o‘z faoliyatida yangi qadam tashlashga tayyor ekanligini bildirdi. U Angliyaga ko‘chishni ko‘rib chiqmoqda".
26 yoshli futbolchi "MYU" himoyasi uchun yaxshi variantdir. Uni Maguayr va Varan bilan raqobatga qo‘yish mumkin.