Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

«Barselona» Salohning moliyaviy talabini qondira olmaydi

«Barselona» Salohning moliyaviy talabini qondira olmaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolay olmaydi.

"As" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi maosh borasida yuqori talab qo‘ygani uchun kataloniyaliklar uni qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechishdi. Saloh «Barsa»dan 5 yillik shartnoma va taxminan 17 million yevro yillik maosh talab qildi.

Bundan tashqari, "Barselona" Salohning transfer huquqini qo‘lga kiritishi oson bo‘lmaydi. Boisi, «Liverpul» misrlik futbolchi uchun kamida 70 mln yevro so‘raydi. Shu bois, «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta o‘z e’tiborini Erling Xoland («Borussiya» Dortmund) va Robert Levandovski («Bavariya»)ga qaratishga qaror qildi.

«Barsa» norvegiyalik futbolchining transferini amalga oshirish ehtimoli yo‘q emas. Futbolchining agenti va otasi komissiya to‘lovlarini kamaytirishga rozi bo‘lishdi. Levandovskining transferi esa yanada arzonroqqa tushadi. Chunki, polshalik futbolchining o‘zi «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tishni istamoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:01, 04.04.2022.
O'qildi: 2788 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик