«Atletiko» yarim himoyachisi Rodrigo de Paul «Manchester Siti»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final birinchi o‘yini oldidan jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone haqida fikr bildirdi.
“Simeonga shubha qilish aqlsizlikdir. U dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri, u hamma narsada juda aniq. Biz bilamizki, Simeone kemani boshqaruvchi va biz hammamiz bortdamiz. Biz uning aytgan so‘zlariga, eng avvalo, uni uslubiga ishonamiz", - dedi "Atletiko" yarim himoyachisi.