Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ilhom Mo‘minjonov: "Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi"

Ilhom Mo‘minjonov: "Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi doirasida "Dinamo" jamoasiga qarshi safarda bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin "Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov qo‘lga kiritilgan g‘alabadan xursand ekanligini yashirmadi.

—Chempionatda ketma-ket uch marotaba mag‘lubiyatga uchraganimizdan keyin bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi va yigitlar buni yaxshi tushunib yetgan edilar. Bundan buyog‘iga kubok o‘yinlarida ham chiroyli natijalarga erishib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Bugungi bahsda futbolchilarimiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq a’do etib, bor vujudi bilan o‘yin ko‘rsatganlariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Endi navbatdagi "Qizilqum" bilan bo‘lib o‘tadigan turga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Rahbariyat tomonidan oldimizga chempionatda ham kubok bahslarida ham yuqori vazifalar qo‘yilgan. Bugungi g‘alaba yigitlarimizga ruhiy tomondan ijobiy ta’sir o‘tkazgan va keyingi turda faqat g‘alaba uchun kurashamiz.

Lutfulla To‘rayevga kelsak, jarohati tufayli bugungi o‘yinda uning yo‘qligi bilindi. Lekin, birinchi davra yakuniga qadar tiklanib, safimizga qaytadi degan umiddaman.

Chempionat endi boshlandi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar futbolchilarimizga ruhiy jihatdan o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, lekin, yana bir bor takrorlayman, bugungi g‘alabadan so‘ng har bir jamoaga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatib, g‘alabalarga erishamiz, —deydi bosh murabbiy.

Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:05, 06.04.2022.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик