Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Erik ten Xag — «MYU»ning yangi umidi

Erik ten Xag — «MYU»ning yangi umidi

Baho:
+ | -

Ko‘plab nashrlar "Ayaks" murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsumdan boshlab "Manchester Yunayted"ni boshqarishi haqida yozishmoqda.

Aslida 52 yoshli niderland haqida gap so‘zlar Manchesterda anchadan beri mavjud. Hatto klubda Ole Gunnar Sulsherning so‘nggi kunlari o‘tar ekan, ten Xag rahbariyatga "MYU" kelajagi bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etgani haqida ham xabarlar chiqqandi. Uning o‘yin uslubi haqida bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bugungi "Ayaks"da mujassam — qisqa uzatmalarga qurilgan harakatchan, tezkor va kombinasion o‘yin. Natijalarni esa Gugldan o‘zingiz ham topa odasiz.

Ten Xag 2013-2015 yillarda "Bavariya"da tajriba to‘plagan. Ikkinchi jamoani boshqarar ekan u o‘sha vaqtda asosiy jamoa murabbiyi bo‘lgan Xosep Gvardiolani yaqindan kuzatar, ispaniyalikning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormaslikka intilardi. Ba’zan Pep bilan uzun bahsga kirishardi Erik.

Ta’sirlanish o‘z yo‘liga. Bunday jarayon istalgan dahoning hayotida yuz berishi mumkin. Masalan, o‘sha Pep Gvardiolaning o‘zi ham qachonlardir aynan gollandiyalik Kroyfdan ta’sirlangan. Bunda alohida shaxs bo‘lib ajralib chiqishning muhim nuqtasi bo‘lib, hamma ham bu nuqtani topolmaydi, albatta. Mutaxassislarning fikricha, Erik Ten Xag uslubida faqat o‘ziga xos bo‘lgan chizgilar bor. Uning sevimli ko‘rinishi 4-2-3-1 hisoblanadi.

"Manchester Yunayted" bugun keskin va ko‘rinishidan klub qadriyatdariga ters bo‘lgan o‘zgarishlarga ehtiyoj sezmoqda. Jamoa DNKni o‘zgartirishga zarurat bordek, go‘yo. Erik ten Xag buni uddalay oladimi yoki yo‘q, buni birga kuzatamiz. Agar xabarlar chinga aylansa, albatta.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:06, 07.04.2022.
O'qildi: 3924 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик