Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Voyneski: "O‘yinni ikkiga bo‘lgan bo‘lardim"

Voyneski: "O‘yinni ikkiga bo‘lgan bo‘lardim"

Baho:
+ | -

OCHLning guruh bosqichi 1-tur doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etgan "Paxtakor" bosh murabbiyi Voyneski o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yinni ikkiga bo‘lgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, gol urdik, yaxshi harakatlandik. Biroq ikkinchi bo‘limda standart holatlardan keyin ikki marta qo‘pol xato qildik va hisobda ortda qola boshladik. Keyin oldinga tashlanib, uchinchi golni o‘tkazdik.

Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik yonma-yon yuradi. Xatolarni e’tiborni yo‘qotganimiz bilan izohlagan bo‘lardim. Bu bizga qimmatga tushdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, buning uchun ularga rahmat.

"Al Ta’avun" bilan oson bo‘lmaydi. Guruhda barcha bellashuv og‘ir kechadi, buni o‘yindan oldin ham aytib o‘tgandim. Yaxshi saviyali jamoalar jamlangan guruhdan joy olganmiz." - dedi "Paxtakor ustozi.

Kiritildi: 00:55, 08.04.2022.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик