Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Omar Richards: «Endi haqiqiy myunxenlikman...»

Omar Richards: «Endi haqiqiy myunxenlikman...»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum boshida «Riding»dan «Bavariya»ga o‘tgan Omar Richardsning Myunxenni chinakamiga sevib qolishi uchun 9 oy kifoya qildi. Har holda, angliyalik iqtidorli himoyachi klub jurnali - «51»ga bergan intervyusida ayni payt o‘zini xuddi jonajon uyidagidek his etayotganini alohida ta’kidladi.

- Omar, Myunxenga kelgach, avvalo, sayr uchun tog‘larga chiqishni xohlashingizni yashirmagandingiz. Bu niyat amalga oshdimi?

- Albatta! Hozircha Garmishga bordim. Tabiati va manzarasiga gap yo‘q - chinakam go‘zallik. Xususan, men ulg‘aygan Janubiy London va Garmish o‘rtasida juda katta farq bor. To‘g‘risi, tabiat qo‘ynida bu qadar zavqlanish mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim - hammasi syurreal. O‘z o‘rnida Mariyenplas maydoni ham yoqqanini aytishim kerak. Umuman, myunxenliklar mehmondo‘stlikni joyiga qo‘yishadi. Qolaversa, shahar Londondan keskin farqlanadi. Bu yerda hammasi tozaroq, hayot ham o‘ta tarang va stressli emas. Bu juda foydali, albatta.

- Nemis tilini tezroq o‘rganishingiz muhim edi. Yutuqlar qanday?

- Allaqachon myunxenlikka aylanib ulgurdim. Albatta, mahalliy sharoitlar, turmush tarziga iloji boricha yaxshiroq moslashishni xohlayman. Buning uchun esa avvalo, nemis tilini bilish kerak edi. Umuman, mahalliy tilni o‘rganish - mamlakat va uning aholisiga hurmat belgisi. Men uchun shunday. Demoqchimanki, nemis tili menga faqat murabbiy va jamoadoshlarim bilan muloqotga kirishish emas, butun mamlakat hayotiga qorishib ketish uchun kerak. Misol uchun, bo‘sh vaqt yuzaga kelganida, shahar bo‘ylab sayrga chiqishim mumkin. Xususan, avtomobilda shahar kezish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlayman.

— Demak, nafaqat mamlakat tili, balki madaniyati va tarixi bilan ham tanishmoqdasiz. Aytishlaricha, yaqinda Daxaudagi kons­lagerga boribsiz...

- Gap shundaki, qayerda yashayotganim, qanday yurtning bir qismi ekanligimni teran ang­lashni istayman. Myunxen tarixi o‘ta boy va xilma-xil. Jumladan, Daxauning o‘zi bir olam ekan. Buni nemis tili darslarida bildim. Konslagerga sayohat uyushtirish mumkinligini eshitib, darhol taraddud ko‘ra boshladim. Qisqasi, tarixiy joyda nimalar bo‘lganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rishga qiziqdim. Sayohat taassurotlari? Aralash tuyg‘ular, xilma-xil fikr­lar... Ochig‘i, hayratlanarli tomoni shuki, shunday voqealar sodir bo‘lgan mamlakatda endi xorijliklar ham o‘zlarini mutlaqo erkin his qilishadi. Aynan shular haqida o‘ylash muhim. Shaxsan menga Germaniyada odamlarning mamlakat tarixiga nisbatan munosabatlari yoqadi. Ularning xulosalari oddiy: bunday tarixiy joylarga sayohat kishida mas’uliyat hissini oshiradi.

- Futboldan bo‘sh vaqtda qanday hordiq chiqarasiz?

- Shaxsiy hayotda butunlay boshqachaman - nisbatan sodda va xotirjamroq yigit. Maydonda esa buning aksi. Albatta, ko‘pchilik qatori yaqinlarim va do‘stlarim davrasida dam olish, chiroyli film ko‘rish - jonu dilim. Yana kompyuter o‘yinlariga befarq emasman, bouling ham yoqadi. Ba’zan bouling markaziga Alfonso Devis yoki Jamol Musaila bilan birga borishim mumkin.

- Xo‘sh, bouling bo‘yicha «Bavariya» chempioni maqomi kimga tegishli?

- Alfonsoning qo‘li kuchli, lekin unda aniqlik yo‘q. Menimcha, bouling masalasida eng yaxshisi o‘zim bo‘lsam kerak.

- Bolaligingizni ham ozgina eslasak...

- Akam mendan naq 11 yosh katta. Shunday ekan, asosan ukam bilan vaqt o‘tkazardim. Imkon tug‘ilishi bilan uning qo‘lidan tortib, futbol maydoniga oshiqardim. To‘p bilan ishlash, uni oyoqda to‘g‘ri boshqarishni aynan o‘sha maydonchada o‘rganganman. Zero, bolalar futbolida hamma to‘p bilan ketayotgan o‘yinchini ta’qib qiladi. Tushunarliki, bunda hammadan qochish juda qiyin, chunki sizga birdaniga tashlanishadi. Bunday  kurashlar biroz xavfli, lekin chiniqish masalasida juda foydali.

- Jamoada sizga alohida e’tibor qaratadigan futbolchi kim?

- Joshua Kimmix. Uning e’tiborini birinchi kundan sezdim. Joshua hozirga qadar o‘zgarmadi - tez-tez ahvolimni so‘raydi, o‘yinni qanday yaxshilash mumkinligi haqida maslahat beradi. Albatta, bunday munosabatni qadrlayman. Joshua men uchun akadek bo‘lib qoldi. U xorijning kichik jamoasidan «Bava­riya»dek kuchli klub safiga ko‘chib o‘tish oson emasligini yaxshi tushunadi.

- Angliya quyi divizioni va «Bavariya» o‘yini o‘rtasida farqni qanday his qilayotganingizni tavsiflab bera olasizmi?

- Bu yerda o‘yin sur’ati juda baland. Biror vaziyatga ulgurmasangiz va nogahon bir zumga ko‘z yumsangiz, oniy lahzalarda ko‘p narsalar sodir bo‘lishi hech gap emas. «Bavariya»da hamma yagona to‘lqin ichida yugurishi kerak, futbolchilar yaxlit kuch sifatida juda yaxshi ishlaydilar. To‘g‘ri, har bir o‘yinchining alohida sifatlari ham muhim, albatta. Mashg‘ulotlar yoki o‘yinda har doim shunday lahzalar kuzatiladiki, beixtiyor o‘ylab qolasiz: «Ajo-yib mo‘’jiza!» Bunday lahzalarda ko‘pincha bor kuchim bilan baqirib yuboraman, chunki jamoadoshimning nima qilganini anglolmay qolaman. Albatta, o‘zim ham shu darajaga yetishni xohlayman. O‘ylaymanki, buning uchun to‘g‘ri joydaman. Har holda, «Bavariya»da har kuni qandaydir yangilik kashf qilyapman, o‘rganyapman, o‘z o‘yi­nimga turli elementlar qo‘shyapman. Zero, klubda sifat bor, menda esa ishtiyoq. Qisqasi, «Bavariya»da yaqqol o‘sganim o‘zimga ham bilinyapti.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 08.04.2022.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.