Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Viktor Kumikov: "G‘alabamizga ishongandim"

Viktor Kumikov: "G‘alabamizga ishongandim"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Yangiyer" - "Andijon" (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o‘z fikrini bildirdi.

- Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz katta edi. O‘yin boshidanoq o‘yinni nazorat qildik. Tarkibimizda jarohatdan qaytgan futbolchilar bor edi. Mana, bugun biz yoshlarga ishongandik, buning samarasini o‘zinglar ko‘rdinglar. Hisob 0:3 bo‘lgan paytda yigitlar biroz o‘yinni bo‘shashtirdi. Natijada javob golini o‘tkazdik. Ehtimol, hisob yirik ko‘rinish olgach, ortiqcha xotirjam bo‘lgandirmiz. Asosiysi, g‘alaba qozondik. Natija muhim edi.

“Yangiyer” yaxshi jamoa. Buni o‘zinglar ham ko‘rdinglar. Ularga 15 daqiqa o‘ynashga imkon berdik. Taktikamiz shunaqa edi.
Ildar Mamatkazin tajribali, uni bizga yordam berishiga ishongandik. U bir yarim oy o‘ynamadi. Lekin unda mahorat bor. U jamoani hamjihatligini ta’minlaydigan haqiqiy yetakchi. Qolaversa, u sardor. Qaytganidan xursandman.
“So‘g‘diyona”ni o‘yinini ko‘rib, o‘rganib chiqamiz. Bu raqibni yutishga harakat qilamiz. Chunki guruhdagi oxirgi o‘yin – “Aral”gacha hammasini hal qilib olsak yaxshi bo‘lardi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:13, 08.04.2022.
O'qildi: 1294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик