Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

"Man Siti" - "Liverpul": e’tiborga olish kerak bo‘lgan jihatlar

"Man Siti" - "Liverpul": e’tiborga olish kerak bo‘lgan jihatlar

Baho:
+ | -

Bu uchrashuv chempionlik poygasi uchun juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Boshqa tomondan, yakshanba oqshomida bu mavsumdagi titul kimga nasib qilishi haqida hech nima oydinlashmasligini ham kutsa bo‘ladi.

Har holda, bu futbol muxlislari o‘tkazib yuborishi kerak bo‘lgan futbol o‘yini emas. 2021-22 yilgi mavsumda “Manchester Siti” va “Liverpul” o‘rtasidagi o‘yin ancha vaqtdan beri sodir bo‘lmagan intrigalarga boy bo‘lishi tabiiy.

Pep va Klopp o‘rtasidagi raqobat asrlarga tatiguvlik

Sportdagi raqobat, odatda, har tomondan eng yaxshi o‘yinlarni keltirib chiqaradi. Bu yillar davomida tennis kabi individual sport turlarida sodir bo‘ldi va hatto dunyodagi eng mashhur jamoaviy sport bo‘lgan futbol ham jozibali individual komponentlarga asoslangan ko‘plab qarama-qarshiliklarni taklif qiladi. Pep Gvardiola va Yurgen Klopp ham shunday insonlardir.

Ularning shaxsiyati va boshqaruv uslublari juda farq qiladi, lekin ularning orzulari bir xil. Premyer-liga chempionligi poygasi, shubhasiz, Yevropadagi eng qiziqarlisidir.

Ushbu o‘yinda himoyachilarning o‘rni katta bo‘ladi

"Liverpul"ning qanot himoyachilari Trent Aleksander-Arnold va Robertson joriy mavsum ligada har 206 daqiqada golli uzatmani amalga oshirishdi. "Liverpul"ning bu mavsumdagi barcha gollarining 40,2 foizi atigi uchta futbolchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Bular Aleksandr-Arnold, Robertson va Muhammad Saloh. “Manchester Siti”ning ko‘p qirrali futbolchisi Joau Kanseluning joriy mavsumdagi shov-shuvli o‘yini, ayniqsa, qit’a darajasidagi harakatlarini hisobga olsak, maydonda portigaliyalik futbolchi ham asosiy rollardan birida bo‘lishi aniq.

Kanselu "Siti"ning chap qanotiga, Kayl Uoker esa boshqa qanotida o‘ynashi kutilmoqda, ya’ni portugaliyalik Salohga qarshi to‘qnashuvdan zavqlanashi mumkin. "Siti" markaz orqali hujum qilishni yaxshi ko‘radigan jamoa, ammo "Liverpul"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishni istasa, butun maydonni nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi.

De Bryuyne ko‘p narsani hal qilishi kutilyapti

“Shaharliklar”ning ajoyib belgiyalik futbolchisi bu mavsumda Fil Foden va Riyad Mahrez kabilar bilan yuqori natijalarni qayd etganidan keyin yana diqqat markazida bo‘ldi. Endi u shubhasiz Pepning asosiy o‘yinchisi. KDB barcha musobaqalardagi so‘nggi beshta o‘yinida beshta gol urdi. U joriy mavsumning birinchi qarama-qarshiligida ham "Enfild"da gol urishni uddalay olgandi. Agar De Bryuyne “Etihad”da yana o‘z so‘zini aytsa, bundan hech kim hayratga tushmaydi.

Gollar festivalidan umid qilmang

"Qizillar" Premyer-ligadagi so‘nggi to‘rtta o‘yinida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlagan holdan ketma-ket 10 uchrashuvda g‘alaba qozonib kelmoqda. "Man Siti" barcha musobaqalardagi so‘nggi beshta o‘yinning to‘rttasida gol o‘tkazib yubormadi, shuning uchun bu yuqori darajadagi raqobatbardosh uchrashuv bo‘lishi kerak.

Qaytarib bo‘lmaydigan kuch qo‘zg‘almas narsa bilan to‘qnashganda nima sodir bo‘ladi? Odatda ozgina ishqalanish. Shuni ham ta’kidlash joizki, "Siti" Klopp jamoasiga qarshi so‘nggi sakkizta uchrashuvning faqat bittasida mag‘lub bo‘lgan. Har ikki klub himoyasi bu mavsumda Premyer-ligada 18 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija bo‘yicha, Angliyaning boshqa jamoalari ularning yaqiniga ham kelmolmaydi.

Durang adolatli ko‘rinadi

Ko‘plab sifatli o‘yinchilar o‘zlarining yuqori o‘yinlarini namoyish qilayotgan vaqtda va APLning so‘nggi uchta o‘yinidan ikkitasi murosa bilan yakunlanganini hisobga olsak, during hech kimni ajablantirmaydi. Barcha ishlaringizni yig‘ishtirib futbol ko‘rgan vaqtingizda jamoalar durang o‘ynasa, bundan g‘azabga tushmang. Zero, APLda kurash so‘nggi turgacha davom etadi…

Kiritildi: 18:07, 09.04.2022.
O'qildi: 2538 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.