Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

O‘zPFL ilk bor futzal bo‘yicha U-18 chempionatini tashkil etadi

O‘zPFL ilk bor futzal bo‘yicha U-18 chempionatini tashkil etadi

Baho:
+ | -

Futzalda O‘zbekiston U-18 chempionatining tashkil etilishi Osiyo Futbol Konfederasiyasi talabi hisoblanadi. Bizda hozirga qadar asosiy futzal jamoalarining o‘rinbosarlari uchun bunday musobaqa mavjud emasdi. 

Endilikda U-18 chempionati muntazam tashkil etiladi. Oliy va Birinchi liga klublari bunda o‘z jamoalari bilan g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Mazkur musobaqada o‘z jamoasi bilan qatnashmagan Oliy liga klubi kelgusi mavsumni bitta quyida ligada o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. 

Bunda jamoalar 18 yoshgacha bo‘lgan iqtidorlarni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazadi. Kasb-hunar kollejlari yoki lisey bitiruvchilari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar ham uchrashuvlarga jalb etilishi mumkin. Bu orqali ularda futzal yoki futbol klublari nazariga tushish imkoniyati paydo bo‘ladi. Boisi, U-18 chempionati ko‘plab Oliy liga murabbiylariga, O‘zbekiston termalariga iqtidorlarni ko‘rsatib beruvchi yarmarka vazifasini o‘tab berishi ko‘zda tutilgan. 

Hozirga qadar O‘zPFL mazkur musobaqa uchun 15 ta jamoani ro‘yxatdan o‘tkazib ulgurdi. “Stroitel Zarafshon” futbol jamoasini inobatga olmaganda, Oliy liganing qolgan 11 ta jamoasi U-18 yoshlarini tashkil qilgan. Shuningdek, Birinchi liganing “Oil star”, “Mash’al”, “Qizilqum”, “Dizak” jamoalari ham o‘z yoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Ilk bor tashkil etilayotgan musobaqaga Jizzax mezbonlik qiladi. Guruh bosqichi uchrashuvlari 26-28 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. 2 may kuni musobaqaning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.   

Ma’lumot uchun, kichik yoshdagi futzal musobaqalari hozirga qadar viloyatlar kesimida O‘FA tomonidan tashkil etib kelingan. Yuqoridagi musobaqaning farqi esa endilikda professional futzal jamoalari o‘z o‘rinbosarlari jamoasi bilan U-18 chempionatida ishtirok etadi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 18:05, 12.04.2022.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик