«Vilyarreal» yarim himoyachisi Daniel Parexo «Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanni Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqanidan keyin ispan klubiga hurmatsizlik qilganlikda aybladi.
1/4 final javob o‘yinida «sariq suvosti kemasi» myunxenliklar bilan durang o‘ynadi – 1:1. «Vilyarreal» umumiy hisobda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Qur’a tashlanib, «Bavariya» «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynashi aniq bo‘lganida, men tanimaydigan murabbiy birinchi o‘yinda qarama-qarshilik natijasini hal qilmoqchi ekanligini aytib, nafaqat klubimizga, balki ispan futbolga ham hurmatsizlik qildi. Ha, bu hurmatsizlik edi. Ba’zan siz osmonga tupursangiz, u sizning yuzingizga tushishi mumkin», - deydi Parexo.