Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Mbappe, Holand? Muvozanatni o‘zgartirgan futbolchi — Vinisius Junior! (2-qism)

Mbappe, Holand? Muvozanatni o‘zgartirgan futbolchi — Vinisius Junior! (2-qism)

Baho:
+ | -

O‘sha davrda “Flamengo”dagi javohirni birinchilardan bo‘lib “MYU” ilg‘agani aytiladi. Ammo Ed Vudvord yosh futbolchi uchun 45 million yevro juda katta mablag‘ deb hisoblab bu xariddan voz kechadi. Biroq “Real Madrid” va Florentino Peresni bu raqamlar bilan cho‘chitib bo‘lmacdi. 2018 yil yozida amalga oshirilgan transfer haqida bir yil ilgari ma’lum bo‘lib ulgurgandi. “Real Madrid” yosh Vinisius Juniorni boshqa klub ilib ketmasligini juda istardi. Shu bois “Flamengo”ga darhol kafolat berildi va ma’lum muddat o‘tgach, Vini 18 yoshga to‘lishi bilanoq Madridga ko‘chib keldi.

U Ispaniyaga kelgan davr “qirollik klubi” qirolidan ayrilgan davrga to‘g‘ri keldi. Braziliya va Ispaniya chempionatlari orasidagi farqni tushuntirib o‘tirish shart emas menimcha. Vini dastlab “Kastilya” tarkibida o‘yinlar o‘tkazdi. Orada futbolchiga 5-6 daqiqa taqtid etib turildi. Masalan, 2018 yil 29 sentyabr kuni u madridliklar tarkibida rasmiy debyutini o‘tkazdi va shu zahoti klub tarixiga kirdi. Vinisius Junior XXI asrda tug‘ilganlar orasida “Real” tarikida maydonda harakat qilgan ilk futbolchiga aylandi.

Dastlabki mavsumda hali jismonan juda nimjon bo‘lgan Vini tezligini  boshqarishda ham muammoga duch kelardi. Chap qanot vingeri sifatida to‘p bilan bo‘lar ekan ko‘pincha uning uchun maydon torlik qilib qolardi. Texnal ekani ko‘rinsada fintlari amaliyotda kamdan-kam samara berardi. U Lopetegi va Solari murabbiyligida o‘tgan davrda jamoada nimalar bo‘layotganini tushunishga ham qiynalgan bo‘lsa kerak. Bir mavsum mobaydinida 3 murabbiy bilan ishlash yosh Juniorning xayoliga ham kelmagandi. Nihoyat,  2019 yil martida klubni qabul qilib olgan Zinedin Zidan tarkibdagi yoshlarga e’tibor qarata boshladi.

Vinisius Junior Karim Benzemaning klubda birinchi raqamli futbolchiga aylanishiga jonli tarzda guvoh bo‘lar ekan fransiyalikka maydonda yordam kerak ekanini anglab turardi. Biroq, o‘ziga imkon berilganda harakatlaridan ko‘ngli to‘lmas va natijada ruhan tushkunlikka tushib qolgandi. Aytishlaricha, 2021 yil avvalida Zidan mavsum tugatib jamoadan ketishini oshkor qilgan  va klub o‘sha vaqt “Everton”da bo‘lgan Karlo Anchelotti bilan oldidan kelishib qo‘ygan ekan. O‘z navbatida qariya Karlo hali Zidan davridayoq Vinisius bilan muloqot o‘rnatib unga kerakli maslahatlarni bergan deyishadi. Masalan, shaxsiy ruhshunos va jismoniy tayyorgarlik murabbiyi bilan ishlash taklifi aynan italiyalik mutaxassisdan chiqqan deyiladi. Xullas, ruhshunos va fitnes murabbiy ko‘magida o‘zini depressiyadan olib chiqolgan Vinisius o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ajoyib tarzda o‘tkazib, joriy mavsumga super kirish qildi. Hozir uning hisobida La Ligada 12 goldan tashqari 4 ta assist bor.

Davomi bor...

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 10:30, 13.04.2022.
O'qildi: 3614 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.