Londonning “Tottenxem” klubi “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olmoqchi.
Belgiyalik futbolchi "Inter"dan o‘tganidan beri "Chelsi"da eng yaxshi mavsumni o‘tkaza olmayapti, bu esa uning kelajagi haqida ko‘p mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Lukaku faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri - "Inter"ga ijara asosida qaytish.
La Repubblica nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli hujumchi Londonning boshqa bir klubi - "Tottenxem"ga ham o‘tishi mumkin.
"Shporlar"larning hozirgi ustozi Antonio Konte ushbu bitimni amalga oshirishni xohlamoqda. Ular yaqin o‘tmishda "Inter"da muvaffaqiyatli faoliyat olib borishgan.