“Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays Yevropa ligasi chorak finalida “Lion”ga qarshi o‘yinda (3:0) jamoasining g‘alabasidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu o‘zgacha oqshom bo‘ldi. Juda noodatiy. Jamoa bilan oson bo‘lmasligini bilardik, lekin o‘z o‘yinimiz va hujumkor o‘yinchilarimiz bilan bugun gol urishimiz mumkinligini tushundik”, — deya Raysning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.