Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 20:00 Dinamo 0-1 Olimpik
14/06 23:59 Germaniya - Shotlandiya
15/06 18:00 Vengriya - Shveysariya
15/06 21:00 Ispaniya - Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya - Albaniya

Ikki afsonadan ikki xil fikr

Ikki afsonadan ikki xil fikr

Baho:
+ | -

Garri Maguayrning «MYU»dagi muammolari uning jamoa o‘yin uslubiga mos kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Angliyalik himoyachi «Old Trafford»da og‘ir mavsumni o‘tkazmoqda va bir qator o‘yinlarda individual xatolarga yo‘l qo‘ydi. Maguayr butun mavsum davomida tanqid qilindi va ko‘plab muxlislar klub uni yozda sotishi kerak, deb hisoblashadi. Bunday vaziyatda mankunianliklarning yaqin o‘tmishdagi afsonalari, haqiqiy himoya qo‘rg‘onlari - Rio Ferdinand va Nemanya Vidich qanday fikrda?

RIO FERDINAND: «MYU» USLUBI GARRIGA TO‘G‘RI KELMAYDI»

- U Angliya libosida fenomenal, aql bovar qilmas darajada o‘ynaydi, shuning uchun uni «o‘lik» futbolchi deb ayta olmaysiz. Ko‘plab bolalar «Garri Maguayr qo‘shig‘ini kuylagan vaqtimni hech qachon unutmayman», deyishadi. Lekin shuni aytmoqchimanki, u Angliya terma jamoasida o‘zgacha o‘ynaydi, chunki jamoaning o‘yin uslubi unga mos keladi. «Manchester Yunayted»ning uslubi esa unga to‘g‘ri kelmaydi va bu uning ishonchiga putur yetkazadi. Kimligingiz muhim emas, siz Messi, Ronaldu, Zidan yoki Mbappe bo‘lishingiz mumkin, ammo o‘zingizga bo‘lgan ishonch pasaysa, ismingiz yordam berolmaydi. Jerar Pikeni eslash mumkin: u «Yunayted»dagi davrida o‘yin uslubi tufayli «Barselona»dagi kabi muvaffaqiyatlarga erisholmagan. Boksdagi singari, futbolda ham janglarni uslublar belgilaydi.

NEMANYA VIDICH: «MAGUAYR ASOSIY TARKIBDAN CHETLATILISHI KERAK»

- Har bir futbolchi faoliyatining qaysidir bosqichida jismoniy va ruhiy holat borasida muammolarga duch keladi. Menda ham bo‘lgan va Maguayr ham bu mavsum o‘z darajasiga chiqa olmayotgani aniq. O‘ylashimcha, ushbu vaziyatda uning imkoniyatlaridan har bir o‘yinda foydalanmaslik, yaxshi formaga kirib, ishonchini tiklagunicha dam berishimiz mumkin. Murabbiy bo‘lganimda, Garrini faqat yengilroq o‘yinlarga qo‘yardim, garchi bunday bahslar Premyer-ligada unchalik ko‘p bo‘lmasa ham. Futbolchi maydonda o‘zini yana kuchli his qilishi kerak, yuqori bosim ostida yaxshi o‘ynash qiyin, chunki hamma xato qilishingni kutadi. Futbolchining murabbiyiga o‘zini maydonda qulay his qilmayotganini aytishi qo‘rqinchli emas. «Yunayted»da men ham dahshatli o‘yinlarni o‘tkazganman va o‘shanda ichki xotirjamlikni tiklashim oson bo‘lmagan.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:00, 15.04.2022.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.