Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Baxtiyor Ashurmatov: "Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

“Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston Kubogi guruh doirasidagi ikkinchi o‘yinida “Do‘stlik Oltiariq”ni 4:1 hisobida tor-mor keltirdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

O‘yin haqida

- Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi. Oltiariq katta hisob bilan yutqazishga munosib o‘yin ko‘rsatmadi. Ulardagi tirishqoqlik, oxirigacha kurashuvchanlik borligini bilgandik. Yaxshi vaziyatlar yaratishdi. Hisob 4:1 bo‘lib turganida ham to‘xtashmadi. Shu sababli bu jamoani olqishlash kerak. Keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Mo‘ydin Mamazulumov yana bir bor yoshi o‘tganiga qaramay, yaxshi saviyadagi hujumchiligini ko‘rsatdi va himoyachilarimizni butun o‘yin davomida taxlikada ushlab turdi. Gol urdi, yana vaziyatlar yaratdi. O‘tgan turda “G‘ijduvon” va bugungi o‘yinimiz o‘rtasida katta farq bor. O‘yin saviyasi bo‘yicha “G‘ijduvon” bilan bahsda yaxshi ko‘ringan bo‘lsak, bugun xatoliklar, keraksiz to‘p yo‘qotishlar, taktik xatolar ko‘p bo‘ldi. Keyingi safar o‘z ishimizga boshqacha munosabatda bo‘lamiz. Professional yondashamiz va “Mash’al” bilan uchrashuvda ham g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Keyingi bosqichga chiqish vazifasi bajarilgani bilan hali 1-o‘rin masalasi hal qilingani yo‘q. 1-o‘rin keyingi qur’a jarayonida qandaydir ustunlik beradi. Shu bois oxirigacha kurashamiz. Birinchi liga yoki pro liga jamoalariga qarshi bo‘shashganimiz yo‘q. Deyarli optimal tarkibni qo‘yyapmiz. Birinchidan, futbolchilarni jismoniy holatini yaxshi holatda ushlab turish bo‘lsa, ikkinchidan raqiblarga bo‘lgan hurmatimiz. Ularni Superliga klublari bilan katta ishtiyoq bilan o‘ynashini hisobga olib, optimal tarkibni tushiryapmiz. Muxlislar ham, rahbariyat ham har bir uchrashuvda faqat g‘alaba kutishadi.

Murod Xolmuhammedovning holati qanday? Kichkina Murodjonni kelajagi borasida fikringiz?

Murod Xolmuhammedov ancha jarohatidan tiklanyapti. AGMK bilan bo‘ladigan chempionat o‘yinigacha safimizga qaytadi. Murod Komilovga kelsak, unga asta-sekin ishonch bildiryapmiz. Bu futbolchini juda ham omadli desak bo‘ladi. Kerakli paytda, kerakli vaqtda paydo bo‘lyapti va ikkinchi o‘yindirki gol uryapti. Bu yigitni omadli kelajak kutyapti, deb aytishimiz mumkin. Mana shu omadini saqlab qolishiga tilakdoshmiz. Yaxshi futbolchi bo‘lib o‘sishida qo‘limizdan kelganicha yordam beramiz. Gol urdi deb darrov asosiy tarkibga qo‘shib shoshilish niyatimiz yo‘q. Ozgina extiyotsizlik natijasida bu futbolchini kelajagini yo‘qotib qo‘yishimiz hech gap emas. Shu sababli sabr bilan o‘stirib borishimiz kerak.

"Qo‘qon-1912" qachon o‘z stadioniga qaytadi?

- Stadion bo‘yicha vaziyatdan oz bo‘lsa-da, xabardorman. Ammo bu savol menga tegishli emas. Bu masala bilan klub rahbariyati shug‘ullanishi kerak. Hali projektor qo‘yilmagan, qandaydir detallar yetib kelmagan. Hozircha sabrsizlik bilan kutyapmiz. Mana, Yaypan ikkinchi uyimizdek bo‘lib qolgan. Bizga qadrdon bo‘lgan, futbolni sevadigan insonlar ishlashadi. Jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bizni yaxshi kutib olishyapti, o‘yinlarimiz uchun maydonni yaxshi holatda saqlab turishibdi. O‘z maydonimizni chempionat o‘yinlariga tayyor bo‘lishini biz ham xohlagan bo‘lardik. Afsuski, bu holat ozgina cho‘zilib ketdi. Chunki aprel oyida qaytamiz degandik. Hozirgi holat biroz mablag‘ga taqalgan vaziyat.

Kiritildi: 22:05, 15.04.2022.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.