Rossiya chempionatidan o‘rin olgan "Rostov" - "Nijniy Novgorod" o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etgan hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev safga qaytdi. Bu haqda novgorodliklar rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchimiz umumiy guruh mashg‘ulotlarida qiyinchiliklarsiz ishtirok etgan. U jamoasining navbatdagi o‘yinida maydonga tushishi mumkin.