Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Anxel Lopes: "Bunyodkor" o‘z uslubiga ega kuchli jamoa"

Anxel Lopes: "Bunyodkor" o‘z uslubiga ega kuchli jamoa"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" – "Surxon" (0:0) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida

- Yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Biz chiroyli va sifatli o‘yin namoyish qildik. Biz maydonda ustunlik paytlar ham bo‘ldi. Maydonda borimizni berdik. "Bunyodkor" Superligada kam ochko to‘plamagan, munosib raqib.

- Jamoa bugun himoyada yaxshi o‘ynadi, biroq hujumda oqsash kuzatilmoqda...

- Hujumchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. To‘g‘ri, ularda hammasi ham o‘xshamadi, biroq faol harakatlanishdi. Biz "Bunyodkor"ni o‘rganib chiqqandik, ular "Metallurg"ga 4 ta gol urishdi, bu bejiz emas. Biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatamiz.

- "Surxon" bosh murabbiyi sifatida 6 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdingiz. Mana shu muddat ichida o‘zbek futboli haqidagi tasavvurlaringiz qanchalik o‘zgardi?

- To‘g‘risi, ijobiy ma’noda hayratdaman. Chunki bu yerda futbol yuqori saviyada – tashkilotchilik, jamoalar va hokazo. Biz ko‘p mehnat qilayotganimizga qaramay, hamma o‘yinda ham gol ura olmadik. "Navbahor", "Bunyodkor" klublari o‘yinlarini ko‘rishga ulgurdim. Aytishim mumkinki, Superliga Osiyoning yetakchi chempionatlaridan biri ekan. Bu yerda ko‘p vaqt ishlashni va "Surxon"ga foyda keltirishni xohlagan bo‘lardim.

- Raqib jamoa safida eng faol o‘ynagan futbolchi sifatida Sarvar Karimovni ko‘rsata olasizmi?

- "Bunyodkor" o‘z uslubiga ega kuchli jamoa. Men Davronjon Ergashev va Dilshod Jo‘rayevni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Ular tajovuzkor harakat qilishadi hamda maydonda ko‘p mehnat qilishadi. O‘yindan oldin yigitlarga ularni e’tirof etgandim va jiddiy hozirlik ko‘rgandik.

Kiritildi: 00:02, 16.04.2022.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик