"Milan" ketma-ket oltita o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi.
A Seriyaning 33-turida Stefano Pioli shogirdlari “Jenoa”ni mag‘lub etishdi (2:0).
"Rossoneri" so‘nggi olti o‘yinda to‘rtta g‘alaba (umumiy hisob 5:0) va ikkita durang qayd etgan.
Umuman olganda, "Milan"ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 11 uchrashuvni tashkil etadi: oltita g‘alaba, beshta durang.