Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Devid Bekxem: «Bu safar saviya mutlaqo yuqori bo‘ladi...»

Devid Bekxem: «Bu safar saviya mutlaqo yuqori bo‘ladi...»

Baho:
+ | -

Angliya futboli afsonasi Devid Bekxem ham Yaqin Sharq, umuman,  arab dunyosi hududida o‘tkaziladigan dastlabki jahon chempionati startini sabrsizlik bilan kutmoqda. Faoliyati davomida 3ta mundialda qatnashgan va gol urgan 46 yoshli sobiq yarim himoyachi - oxirgi 10 yildan buyon Qatarning doimiy mehmoni. Demak, u bu mamlakatda hisob bo‘yicha 22-xalqaro futbol forumiga qanday tayyorgarlik ko‘rishgani (ko‘rishayotgani)ni yaxshi biladi. Beks jumladan, bo‘lajak mundialning final bosqichiga qur’a tashlash marosimi arafasida maxsus intervyu berib, Angliya termasining real imkoniyatlariga to‘xtaldi. U shuning barobarida noyabr - dekabr oylari Qatarga sayohat muxlislarga nima berishini aniq tasvirlashga ham urindi.

- Mana, Qatar-2022 starti tobora yaqinlashmoqda. Turnirga qur’a tashlash marosimi futbolchilar va muxlislar uchun qanchalik muhim?

- Tushunarliki, har ikki tomon ham qur’a natijalarini doimo orziqib kutadi. Xususan, futbolchilar kimlarga duch kelish va qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini bilishga qiziqishadi. Oddiy aytganda, qur’a jarayo­ni ta’sirida futbolchilar ham, muxlislar ham jahon chempionati starti yaqinlashib qolgani, hayajon kuchayayotganini teranroq his qilishadi.

- Bizni oldinda Yaqin Sharq va arab dunyosida o‘tkaziladigan birinchi jahon chempionati kutmoqda. Mundial arab dunyosi uchun qanchalik muhim?

- Tushunarliki, navbatdagi JCH ayniqsa, Qatar va uning aholisi uchun ilhomlantiruvchi bayram hisoblanadi. Har doim jahon chempionatining Qatarga qoldiradigan merosi haqida gapirishni xush ko‘raman. Umuman, bo‘lajak mundialning butun dunyoga ta’siri katta. Futbol forumi mezbon mamlakatga avvalo, nima beradi? Xalqni ruhlantiruvchi lahzalar! Bo‘lajak musobaqa Qatar uchun mamlakatning futbolga, o‘z tarixi va madaniyatiga nisbatan muhabbatini ko‘rsatish imkoniyatidir. Eng mashhur sportchilarning Qatarga tashrif buyurishlari nafaqat mamlakat, balki butun mintaqaga unutilmas lahzalar taqdim etadi.

- Qatardagi stadionlarning bir-biriga yaqinligi futbolchilarga qanday naf beradi?

- Bu - katta qulaylik. Muayyan jamoa avtobusda ko‘pi bilan 40-45 daqiqa masofa bossa, bas. O‘z tariximdan aytsam, men qatnashgan mundiallarda o‘yinlar va safarlardan tiklanishga 2-3 kun ketardi. Qatar shu masalada futbolchilarga ideal sharoitlarni kafolatlaydi.

- Turnirning ko‘plab mamlakatlarda mavsum eng qiziydigan noyabr - dekabr oylariga belgilangani borasida nima deya olasiz?

- Biz - angliyalik futbolchilar har bir JCHga dunyoning eng qiyin ligalaridan biri sanalgan APLdagi mashaqqatli mavsumdan keyin borganmiz. Tushunarliki, uzun mavsum oxirida tabiiy ravishda charchaysiz va tiklanishingiz uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bu safargi mundial esa mavsum o‘rtalariga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday ekan, nafaqat angliyaliklar, balki boshqa jamoalar vakillari ham turnirga eng yaxshi sport formasida kirishish imkoniyatiga egalar.

- Demoqchisizki, futbolchilarning kuchga to‘la holatda kelishlari bevosita saviyaga ta’sir qiladi...

- Shubhasiz. O‘zi JCH vaqti hamma doimo yuqori standartlar kutadi. Lekin mavsum o‘rtasida saviya yanada yuqori bo‘lishini bemalol taxmin qilish mumkin. Ob-havo masalasida muammo bo‘lmasligini aytmoqdalar. Shuningdek, stadionlardagi sharoitlar ham fantastika darajasida - muxlislar vaqtni yaxshi o‘tkazishadi. Barchasi mukammal holatda.

- Xo‘sh, turnirda Angliya terma jamoasidan nima kut­yapsiz?

- Doimgidek, jamoadan umidim katta. Muxlislarimiz ham jiddiy natijaga ko‘z tikishmoqda - bu tabiiy hol. Garet Sautgeyt aql bovar qilmas ko‘lamda ish bajarganini e’tirof etishim joiz. Ixtiyorimizda bir necha yildan buyon shakllanayotgan hamjihat jamoa bor. Endi tarkibga nisbatan «yosh» iborasini ishlatish o‘rinsiz. To‘g‘ri, ko‘plab yigitlar Garri Keyn kabi ijrochilar bilan o‘ynash tajribasiga ega bo‘lishsa-da, chindan ham, hali ancha yoshlar. Hozir bo‘lajak turnir biz uchun haqiqiy imkoniyat ekanligini his qilib turibman. Muhimi, jamoamiz chempionatga yaxshi holatda yaqinlashmoqda. Yigitlar buyog‘iga ham bo‘shashmasalar, bas.

- Sizningcha, bugungi Angliya termasida asosiy ijrochi kim?

- Garri Keynni e’tirof etaman. Har holda, u jamoa yetakchisi, sardori va to‘purari. Aynan Garri kabi yigitlarning Qatarga eng yuqori saviya­da borishlari jamoamiz uchun juda muhim.

- Angliya milliy jamoasi anchadan buyon JCH-2022 favoritlari qatorida tilgan olinmoqda. Qiziq, siz aynan qaysi jamoalarga asosiy raqiblar sifatida qarayapsiz?

- Jahon chempionati haqida so‘z ochilsa, o‘z-o‘zidan avvalo, Braziliya, Argentina va Fransiya termalari xayolga keladi. Bular - ko‘plab yirik turnirlarda g‘olib chiqish tajribasiga ega buyuk jamoalar. Men favoritlar qatorida ko‘rishni istayotgan yana bir kuch bor - Daniya termasi. Menimcha, daniyaliklar kutilmagan sovg‘alar ulashishlari mumkin. Daniya termasida yuqori kayfiyat hukmron - yaxshi ustunlik. Qolaversa, bu jamoa yirik turnirlarda munosib ishtirok etish formulasini biladi. Shuningdek, mezbon - Qatar termasini amalda ko‘rishga ilhaqman. Mezbonlarda anchadan buyon birga shug‘ullanayotgan yosh futbolchilar bor, ular bir-birlarini yaxshi bilishadi. O‘ylaymanki, stadionlardagi muhit ham qatarliklarni faqat oldinga undaydi.

- Qatar safariga hozirlik ko‘rayotgan muxlislarga nima deysiz?

- Ularni ajoyib sayohat va tajriba kutmoqda. Oldin muxlislardan o‘yinlar oralig‘ida bir shahardan ikkinchisiga yetib olish talab etilardi. Qatarda esa kuniga bemalol 2ta o‘yinni bevosita stadionda kuzatish imkoniyati bor. Shu ma’noda aytsak, turnir juda ixcham. O‘ylaymanki, Qatar taklif qilayotgan narsalar muxlislarga yoqadi: mazali milliy taomlar, mehmondo‘stlik, sharq go‘zalligi va hokazo...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:03, 16.04.2022.
O'qildi: 2294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.