Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Qatorasiga 22-marta yoki JCHga chiqish bo‘yicha seriyalar

Qatorasiga 22-marta yoki JCHga chiqish bo‘yicha seriyalar

Baho:
+ | -

Mana, Qatar mundiali ishtirokchilari ro‘yxati deyarli to‘liq holga keldi. Hozirda atigi 3ta bo‘sh joy qoldi - ularning egalari bilan iyun oyiga belgilangan «pley-off» o‘yinlaridan so‘ng tanishib olamiz. Hozircha esa ushbu maqola orqali ma’lumotlar asosida qaysi jamoalarga JCHda qatnashish odatiy holga aylanib qolganini ko‘rib chiqamiz.

** Futbol tarixidagi barcha JCHda atigi bitta jamoa uzluksiz qatnashgan - Braziliya termasi. 1930 - 2022 yillar: deyarli bir asrlik seriya!

** Germaniya termasi 1930 va 1950 yillarda 2ta mundialni o‘tkazib yuborgan. Shunchaki, jamoaning urushdan ke­yingi ilk turnirda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. Umuman, GFI faqat 1950 yilning yanvarida qaytadan tuzilgan va FIFA uni sentyabr oyida tan olgan. Ya’ni JCH-50dan keyin.

** Qatar termasi o‘z uyida JCHdagi debyutini nishonlaydi.

** Niderlandiya termasini Kanada, Ekvador va Kamerun jamoalari qatorida ko‘rish g‘alati. Umuman, «lolaranglar» Rossiya-2018ga kelishganida ham, uzun seriya bilan maqtanolmasdilar. Chunki bundan oldin 2002 yili JCHdan chetda qolishgandi.

** Kanada termasi 36 yillik tanaffusdan keyin JCHga qaytdi.

** Italiya termasi o‘z tarixida 4-marta mundial tomoshabiniga aylandi. «Skuadra» 1958-2018 yillar oralig‘ida qatorasiga 14ta mundialda qatnashgandi, endi esa ketma-ket 2-marta chetda qolyapti.

** Ajablanarli tomoni, Yevropaning bir qator binoyidek jamoalari anchadan buyon JCHga chiqolmayapti - Chexiya va Ukraina (2006 yildan buyon), Turkiya (2002 yildan buyon), Shotlandiya (1998 yildan buyon).

** Uels termasi «pley-off»dan omon o‘tib, JCH-2022 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilsa, 15ta mundialga cho‘zilgan omadsiz seriyasiga chek qo‘yadi. Uelsliklar katta forumga oxirgi marta 1958 yili chiqishgandi.

** 1938 yilgi JCHda qatnashgan Kuba va Indoneziya termalari shundan keyin 19ta turnirni o‘tkazib yubordi - antirekord.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:03, 16.04.2022.
O'qildi: 3691 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик