Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Zinchenko: "Real" — Chempionlar ligasi qiroli"

Zinchenko: "Real" — Chempionlar ligasi qiroli"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Real"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.

"Real Madrid" — Chempionlar Ligasi qiroli. Bu jamoa o‘tmishda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri, ammo ularga qarshi kechadigan o‘yinga qadar bizda boshqa muhim bahslar ham bor", - deya ukrainalik futbolchining so‘zlarini keltirgan TUDN.

26 aprel kuni Manchester shahridagi “Etihad” stadionida Chempionlar ligasi 1/2 finali uchrashuvi doirasidagi “Manchester Siti” – “Real” bahsi ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 4 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Parallel o‘yinda "Vilyarreal" "Liverpul" bilan Chempionlar ligasi finali yo‘llanmasi uchun kurashadi. Ushbu o‘yin 27 aprel kuni Liverpuldagi "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tadi.

25 yoshli Zinchenko "Manchester Siti"ning asosiy futbolchisi hisoblanmaydi. U Angliya chempionatida bor yo‘g‘i sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 02:08, 17.04.2022.
O'qildi: 1793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик