"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner jamoa hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarning borishi haqida gapirdi.
“Levandovski bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi uchrashuv yaqin orada rejalashtirilgan. Muzokaralar davom etadi”, - deya Xayner so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Avvalroq, Levandovski xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kataloniya klubi 33 yoshli polshalik futbolchining transferini 30 million yevroga baholamoqda.