"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso klubning kelasi mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" kelasi mavsumda Premyer-ligada g‘alaba qozona oladimi? Albatta. Bir necha yil oldin biz chempionlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik.
Bizda ulkan salohiyat bor. Biz har qanday jamoani yuta olamiz. Bizning asosiy tashvishimiz barqarorlik”, - dedi Alonso Sky Sports nashriga.
"Chelsi" ayni damda APLda 3-o‘rinda va turnir jadvalida peshqadam "Manchester Siti"dan 12 ochko ortda qolmoqda.













