Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

APLdagi faoliyati unutib yuborilgan yulduzlar kim edi?

APLdagi faoliyati unutib yuborilgan yulduzlar kim edi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi doimo xorijdan kelgan futbolchilarning sevimli maskani bo‘lgan. Ularning ba’zilari porlagan, boshqalari esa hatto insonlar yodidan ham chiqib ketgan. Masalan, Tyerri Anri, Eden Azar yoki Serxio Aguero kabi futbolchilar o‘zining afsonaviy faoliyatlari sabab muxlislarning abadiy yodida qolgan. Biroq barcha legionerlar ham ingliz futbolida yorqin davrlarni o‘tkaza olmaydi. Quyida siz bilan tarixdagi ana shunday o‘yinchilarning bir nechtasi haqida gaplashamiz.

Jerom Boateng – «Manchester Siti»

Boateng 2010 yilda 10,5 million funt evaziga «Gamburg»dan «Manchester Siti» safiga yo‘l oladi. O‘sha davrda himoyachidan katta narsalar kutilgandi. Voqealar esa Boateng o‘ylaganchalik kechmadi. U Germaniya terma jamoasi bilan tizzasidan jarohat olib, klub miqyosidagi bahslardan tushib qola boshladi. 1 oylik davolanishdan keyin safga qaytgan nemis futbolchisi «Chelsi»ga qarshi bahsda maydonga tushadi. Ammo murabbiy uni asosan qanot himoyachisi sifatida o‘ynatdi. Bir yil davomida atigi 24 ta bahsda ishtirok etgan futbolchi, keyingi mavsumda «Bavariya» safiga yo‘l oldi. Shunday bo‘lsada, Boateng o‘z ona yurtiga quruq qo‘l bilan qaytmadi. U «shaharliklar» safida Angliya kubogi sohibiga aylangan edi. Ayni damda Boateng deganda biz faqat «Bavariya»ni eslaymiz. Chunki u 10 yil mobaynida ayni shu klub sharafini himoya qildi. 2021 yil yozida himoyachi 2 yillik bitim bilan «Lion» safiga kelib qo‘shilgan edi.

Aleshandre Pato – «Chelsi»

O‘z vaqtida Ronaldoning merosxo‘ri, davomchisi deya e’tirof etilgan futbolchi amalda hech qachon braziliyalik vatandoshining darajasiga chiqa olmadi. «Milan» safidagi yorqin faoliyatidan keyin, (150 ta o‘yinda 63 ta gol) Pato 2016 yilda APLga omadsiz bo‘lgan ko‘chishni amalga oshiradi. Yanvar oyida «tumanli Albion»ga o‘tgan Pato, o‘z debyutini aprelgacha kutishiga to‘g‘ri keldi. Ammo u yarim mavsum davomida atigi 2 ta o‘yinda maydonga tushib, yozda «Korintians»ga yo‘l olgan edi. Keyinchalik hujumchi «Vilyarreal», «Tyanszin» safida, ayni damda esa MLSning «Orlando Siti» tarkibida harakat qilmoqda.

Rikardu Kuarejma – «Chelsi»

Portugaliyalik futbolchi Pato kabi ijara asosida Londonga keladi. 2009 yilda, atigi yarim mavsum davomida vinger 5 ta o‘yinda qatnashgan, xolos. Yangi mavsumda esa Kuarejma «Milan»ga qaytadi va APLdagi davri tezda barchaning esidan chiqadi. Keyingi davrlar mobaynida Portugaliya terma jamoasi a’zosi «Inter» va «Beshiktosh»da (227 o‘yin, 38 ta gol va 78 ta assist) harakat qildi. Ayni damda esa 38 yoshli futbolchi o‘z vatanida – «Vitoriya» klubida.

Jerar Pike – «Manchester Yunayted»

Premyer-liga ko‘plab top-himoyachilar uchun makon bo‘lgan. Ammo ular ichida omadsizlari ham bor. Shulardan biri Jerar Pike edi. U «MYU» bilan shartnoma tuzadi va ilk o‘yinini liga kubogi doirasida «Aleksandra» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ko‘p o‘tmay, himoyachi «Real Saragosa»ga ijaraga berib yuborildi. Ammo bu narsa Pikeni asosiy jamoada barqaror qilmadi. U 4 yillik umrini Manchester shahrida o‘tkazdi. Ammo bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushirildi. Fergyuson Ispaniya terma jamoasi a’zosini sotib yubordi. Pike esa o‘z jonajon klubiga qaytib, afsonaga aylandi.

Luis Alberto – «Liverpul»

«Lasio» muxlislari Albertoning yaqin mavsumlarda ko‘rsatgan o‘yinidan juda xursand. Ammo bundan 10 yilcha oldin u mersisaydda edi. Hozir bu davrni hech kim eslamaydi. «Liverpul» 2013 yilda yosh futbolchi uchun 7 million funt sarf qiladi. Ammo Albertoga Brenden Rojers hech qachon yetarli imkon bermagan. Filippe Koutinyo bilan bellashishiga to‘g‘ri kelgan yarim himoyachi, Angliyadagi qisqa davri ichida atigi 135 daqiqa maydonda harakat qilgan. U o‘z umrini zoye ketganini sezdi. Shu sabab «Deportivo» safiga ijara asosida yo‘l oldi. U 2016 yilda «Lasio»ga o‘tdi va shundan buyon top-futbolchiga aylandi. Alberto hozirga qadar A seriyada 45 ta golga assist berishga muvaffaq bo‘lgan. 29 yoshli futbolchida hali ham APLga qaytish imkoni mavjud. Ammo uning Angliyadagi manzili «Lester Siti» bo‘lmasligi aniq.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:00, 18.04.2022.
O'qildi: 2051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.