Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ronaldu bugun tug‘ilgan farzandining vafotidan keyin juda ta’sirli post qoldirdi

Ronaldu bugun tug‘ilgan farzandining vafotidan keyin juda ta’sirli post qoldirdi

Baho:
+1 | -

"Manchester Yunayted" klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi tug‘ilgan o‘g‘lining vafot etganini e’lon qildi.

Oktyabr oyida «Manchester Yunayted» hujumchisi Jorjina Rodriges bilan egizak farzand kutayotganini ma’lum qilgandi. Keyinchalik bu o‘g‘il va qiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bugun Krishtianu bu bolalarning biri vafot etgani haqida qayg‘uli post joyladi.

“Biz o‘g‘limiz vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilamiz. Faqatgina qizaloqning tug‘ilishi, bu lahzadan ozgina umid va quvonch bilan omon qolish uchun bizga kuch beradi.

Biz shifokorlar va hamshiralarga yordam uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Biz qayg‘udamiz va bu juda og‘ir vaqtda mahfiylik so‘raymiz. Bolamiz, sen bizning farishtamizsan. Biz seni abadiy sevamiz”, - deb post qoldirdi Ronaldu o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.

Kiritildi: 23:46, 18.04.2022.
O'qildi: 21153 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик