Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
09/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
09/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
09/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
09/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
09/10 21:00 Ummon - Kuvayt
09/10 21:00 BAA - KXDR
09/10 23:00 Iroq - Falastin
09/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Immobile A Seriyaga o‘z nomini yozishga harakat qiladi

Immobile A Seriyaga o‘z nomini yozishga harakat qiladi

Baho:
+ | -

«Lasio» hujumchisi Chiro Immobile allaqachon A Seriya afsonasiga aylangan. U 20 asr rekordlarini yangilab, tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni maqsad qilgan.

O‘tgan turda «Lasio» o‘z maydonida «Torino» bilan durang o‘ynadi - 90-daqiqaga kelib, italiyalik forvard jamoasiga 1 ochko keltirgan. 

Bu gol Immobile uchun joriy mavsumdagi 25-si bo‘ldi va Chironi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarixdan joy olishiga sababchi bo‘ldi.

Gap shundaki, «Lasio» hujumchisi uchinchi mavsumdan beri 25 ta gol urib kelmoqda: bungacha Immobile 2017/18 va 2019/20 yilgi mavsumlarda bu marraga erishgan edi. Ungacha bor-yo‘g‘i ikkita futbolchida uch marta ketma-ket shunday natijaga ega bo‘lgan: «Inter» a’zosi Ishtvan Nyersh (1948-51 yillarda) va «Milan» vakili Gunnar Nordal (u 40 yillarning oxiri va 50 yillarning boshlarida 5 marta shunday mavsum o‘tkazgan).

O‘tgan 70 yil davomida A Seriyada bunchalik ko‘p gol urgan hujumchi bo‘lmagan. Na Zlatan, na Luka Toni, na Totti, na Del Pyero, na Shevchenko, na Krespo – hech kim uch xil mavsumda 25 dan ortiq gol ura olmagan.

Immobile A Seriya tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishi mumkin.

Buning uchun u o‘z ishtiyoqini susaytirmasligi kerak. Immobilening boshqa yutuqlari ham talaygina. Masalan, 2019/20 yilgi mavsumda u «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi. 2000 yillarning o‘rtalarida A Seriya hujumchilaridan faqat Luka Toni va Franchesko Totti ushbu sovrinni olgan xolos.

A Seriya tarixidagi eng sermahsul mavsum ham Chiro bilan sodir bo‘ldi, 36 gol. Gonsalo Iguain undan oldin shunday natijani qayd etgan edi.

Ayni damda Immobile 180 ta gol bilan A Seriya to‘purarlari reytingida 14-o‘rinda bormoqda. Undan yuqoriroqda bugungi faol o‘yinchilar yo‘q. Shunday ekan, Chiroda liderlik uchun hali imkoniyat mavjud.

Shuni ta’kidlash kerakki, Totti 618 uchrashuvda 250 ta gol urgan, Chiro Italiya chempionatida atigi 288 o‘yin o‘tkazgan xolos. Umuman olganda, ushbu to‘purarlar ro‘yxatining kuchli yigirmataligida 300 dan kam uchrashuv o‘tkazgan atigi ikkita o‘yinchi bor - Immobile va Nordal (umumiy reytingda 3-o‘rin, 291 o‘yin va 225 gol). Shuningdek, ular eng yaxshi o‘rtacha ko‘rsatkichga ham ega - Chiro uchun har bir o‘yinga 0,63 gol to‘g‘ri keladi, Gunnar uchun esa 0,77 gol.

Aynan Nordal xet-triklar soni bo‘yicha A Seriya peshqadami hisoblanadi, unda allaqachon 17 ta xet-trik mavjud. Immobile bir uchrashuvda bor-yo‘g‘i 7 marta 3 tadan gol urgan xolos. Bu borada Marko Van Bastenda 8 ta, Filippo Inzagida esa 10 ta xet-trik bor. Chiro «Lasio»da o‘rtacha har mavsumda 24,6 gol uradi.

Fevral oyida Immobile 32 yoshga to‘ldi - bu italiyalik hujumchilar uchun eng gullagan yosh hisoblanadi. Totti 41 yoshgacha, Di Natale, Luka Toni va Filippe Indzagilar 39 yoshgacha futbol o‘ynagan. Hozirgi A Seriyada 35 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar darhaqiqat ko‘proq.

Immobilening o‘zi tez orada butun e’tiborini faqat klubdagi faoliyatiga qaratishi mumkin - «Lasio» o‘z hujumchinisi yaxshi ko‘radi, ammo Italiya muxlislari Chironi 2022 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborganidan so‘ng asosiy aybdor qilib qo‘yishgan.

Ko‘p tanqidlardan so‘ng hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o‘yladi, deb xabar beradi La Republica. Chiro o‘zi bilvosita bunday fikrlar haqiqatan ham mavjudligini tasdiqladi.

Immobile «Torino»ga qarshi o‘yindan so‘ng: "Men terma jamoada o‘ynashni davom ettiramanmi yoki yo‘qmi hali bir qarorga kelganim yo‘q. Tanqid futbolning bir qismi. Men buni tushunaman va qabul qilaman. Lekin asossiz nafratga chiday olmayman. Men tanqidga loyiq bo‘lsam, buni qabul qilaman, lekin ba’zi odamlar nafrat uyg‘otishni yaxshi ko‘radilar», — deb aytib o‘tdi.

Immobile hozircha terma jamoada o‘ynash haqida bir qarorga kelgani yo‘q. U Roberto Manchini bilan gaplashishi kerak. Murabbiy so‘nggi yillardagi eng yaxshi italiyalik hujumchini terma jamoani tark etmaslikka ko‘ndirishga harakat qiladi.

Kiritildi: 09:09, 19.04.2022.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.