Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

"Andijon"da barchasi yaxshi!

"Andijon"da barchasi yaxshi!

Baho:
+ | -

"Andijon" Pro liganing 6-tur doirasida safarda “Turon” jamoasiga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni bugundan boshladi.

Jamoaning mashg‘ulotiga “Andijon” klubi rahbari Jur’atbek Quvvatov ham tashrif buyurdi. O‘z navbatida jamoa rahbari shu kunga qadar “Andijon” klubidagi mavjud moliyaviy muammolar asta-sekin o‘z yechimini topayotgani, turli gap-so‘zlarga e’tibor bermasdan bor e’tiborlarini bo‘lajak o‘yinga qaratishlari zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, jamoa a’zolariga bir oylik ish haqqi va mukofot pullari berildi.

Shuningdek, “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘yinda o‘zini har tomonlama ko‘rsatib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan Muhammadkarim Toirovga klub rahbari so‘nggi rusumdagi mobil telefonini va’da qilgandi. Gap isboti bilan deganlaridek, bugungi mashg‘ulotdan oldin Muhammadkarim Toirov “Iphone 13 Pro Max” telefonini qabul qilib oldi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Andijon” jamoasi yuqori kayfiyat bilan “Turon”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:27, 22.04.2022.
O'qildi: 2015 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик