Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ilhom Mo‘minjonov: “Goldan keyin “Bunyodkor” o‘ynadi”

Ilhom Mo‘minjonov: “Goldan keyin “Bunyodkor” o‘ynadi”

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Bunyodkor” (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi natijaga har doimgidek bosh murabbiy sifatida o‘zim aybdorman. Bugun jangovor o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limdan so‘ng yigitlarga xatolari haqida tushuntirdim. Ikkinchi bo‘limda maydonga chiqib 11 daqiqa yaxshi o‘ynadik. Goldan keyin jami 33 daqiqa “Bunyodkor” o‘ynadi. Futbolchilarimiz himoyada xato qilishdi, ayrimlar o‘z pozisiyalarini yo‘qotishdi. Raqibga uzoq masofadan zarba yo‘llashga imkon berib qo‘ydik. 2 ta gol jamoamizni “sindirdi”. Bizda goldan so‘ng futbolchilarning o‘ziga kelishi qiyin bo‘layapti. O‘yin oxirida qizil kartochka ham oldik. Shuningdek, Abror Ismoilovning muxlislar tomon amalga oshirgan ishi juda xunuk xolat, bu uchun jamoamiz nomidan uzr so‘rayman. Bu masalada o‘zi bilan gaplashdik, noto‘g‘ri ish qilganini anglab yetdi.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:44, 26.04.2022.
O'qildi: 1312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик