Bruno Gimarayshning agenti Aleksis Malalvoltaning aytishicha, "Nyukasl" kelasi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqchi.
"U har doim qiyinchiliklarni yengishga juda g‘ayratli bo‘lgan, u hech qachon orqaga chekinmaydi. Bruno qilgan tanlovidan mamnun, o‘zini yaxshi his qilmoqda", - dedi Malalvolta Titto Sport nashriga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Nyukasl"ning keyingi mavsum uchun juda katta rejalari bor.