Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Qahramon Aslanov maqolasi: «MYU» - «Chelsi» o‘yinida murabbiylar yoshlar xizmatidan foydalanadimi?

Qahramon Aslanov maqolasi: «MYU» - «Chelsi» o‘yinida murabbiylar yoshlar xizmatidan foydalanadimi?

Baho:
+ | -

Jamoasi birinchi taymdayoq to‘rtta gol urib, o‘yin masalasini hal qilganda bir murabbiy 2-taymda bir yosh shogirdiga debyut qilish imkonini bergan. Jurnalistlar undan “hisob shundog‘am 4:0 edi, ko‘proq yoshlarni tushirib, sinab ko‘rish uchun imkoniyat bor edi, nega unday qilmadingiz?” deb so‘rashganda, aytgandi:

- Agar birdaniga bir nechta yosh futbolchilarni maydonga tushirsam, butun jamoada “o‘yin hal qilib bo‘linibdi” degan hissiyot paydo bo‘ladi. Buni istamadim. Shunday holat yuzaga kelib qolganida, hech qanday tajriba bo‘lmasdi yoshlar uchun.

Mavsum boshida taqvimga qarab, bugun bo‘lib o‘tadigan “MYU” – “Chelsi” o‘yini turning markaziy va muhim o‘yinlaridan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilsa bo‘lardi. Ammo boshqacha bo‘lib chiqdi, hozirda “Chelsi”ning uchinchi o‘rindan tushib ketishiyam, ko‘tarilishiyam qiyin masala, bemalol Kubok finaliga tayyorlanib yursa bo‘ladi. “Yunayted” ham deyarli shu, buning ustiga jarohatlar ko‘pligidan, Rangnik qaysidir yosh futbolchilarga imkon berilishini tan oldi. Har ikki jamoa uchun ham yosh futbolchilarni sinab ko‘rish uchun ideal palla kelgandek.

Ammo bilasizmi, yoshlarni tarkibga haqiqiy ma’noda jalb qilish bu shaklda bo‘lmasligini har ikki murabbiy ham tan olsa kerak.

Misol uchun, Rangnik bugun jamoaning yarim tarkibini o‘zgartirib, akademiya futbolchilariga imkoniyat berdi ham deylik. Yosh futbolchiga bu qanday tajriba bo‘ladi? “Old Trafford”da muxlislar qarshisida o‘ynab ko‘radi, ha, ammo bilib turibmiz-ku, yarim tarkib yoshlardan iborat tanlandimi, demak bu o‘yin unchalik muhim emas. Muhim emas o‘yinda sinab ko‘rish, doim ham yaxshi fikr emas, bu xuddi mavsumoldi yig‘inlardagi o‘rtoqlik bahslariga o‘xshab qoladi. Menimcha, yosh futbolchi yetarli tajriba yoki ishonchni qo‘lga kiritmaydi ham.

Argentinalik hujumchi bor Manchesterda. Garnacho. Aytaylik, “MYU” uchun juda muhim bo‘lgan biror o‘yinning qaysidir vaqtida, asosiy tarkib o‘yinchisi o‘rniga maydonga tushirildi. Bosim, yuklama, jiddiy vazifa, natijaga bo‘lgan ehtiyoj – futbolchi mana shu faktorlar yuzaga kelgandagina ham tajriba to‘playdi, ham unga berilgan ishonchni his qiladi.

Bir paytlar “Barselona” hal qilingan YECHL guruhining so‘nggi turida La-Masiyadan iborat tarkibni tushirgan va “Rubin”ni 5:0 yenggan. Bu o‘sha yoshlar uchun YECHL tajribasi emas, “La Masiya”dagi navbatdagi o‘yin bo‘lgan, ishonavering. Yaqinda OCHL so‘nggi turida maydonga tushgan “Paxtakor” yoshlari ham shu.

Muhim o‘yinlarda navbati bilan yosh futbolchilar tarkibga kiritib borilishi kerak, ana o‘shanda mevasini beradi. Unday bo‘lmadimi, demak hali vaqti kelmadi.

Nafaqat yosh futbolchi, umuman har qanday jamoa biror musobaqada yo biror raqibga qarshi o‘yinda tajriba to‘plashi uchun aniq maqsad, natija uchun kurash ham shart. Shunchaki o‘ynab, tajriba to‘plab bo‘lmaydi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 19:17, 28.04.2022.
O'qildi: 1841 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.