«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qatorasiga uchinchi o‘yinda ham gol urdi.
Portugaliyalik futbolchi APLning 37-turidan o‘rin olgan «Chelsi» bilan o‘yinning 62-daqiqasida hisobni tenglashtirdi (1:1, ikkinchi bo‘lim).
37 yoshli hujumchi so‘nggi uchta o‘yinda 5 ta gol urdi. Bungacha u «Norvich»ga qarshi o‘yinda (3:2) xet-trik qayd etgan va «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (1:3) bitta gol urgandi.













