Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

60 yillik tarixga ega to‘qnashuv: «Dinamo» - «Neftchi» o‘yini oldidan

60 yillik tarixga ega to‘qnashuv: «Dinamo» - «Neftchi» o‘yini oldidan

Baho:
+ | -

Superliga 6-turining markaziy o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. Bugun, 30 aprel kuni 60 yillik qarama-qarshilik tarixiga ega azaliy raqiblar «Dinamo» va «Neftchi» o‘zaro to‘qnash kelishadi. Samarqand va Farg‘ona viloyatining bosh jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik oldidan «Dinamo» klubi matbuot xizmati azaliy raqiblarning o‘zaro o‘yinlariga e’tibor qaratadi.

Kimda qanday natija?
Pro ligadan Superligaga qaytgan jamoalar ayni damda deyarli bir xil holatda. «Dinamo» so‘nggi turdagi g‘alaba evaziga 5 o‘yindan keyin 4 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. «Neftchi» esa ilk turda penaltidan kiritilgan gol evaziga viloyatdoshi «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etib, 3 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

«Dinamo»ning o‘tgan 5 turdagi natijasi:
1-tur. «Dinamo» – «Paxtakor» – 0:2
2-tur. «So‘g‘diyona» – «Dinamo» – 1:0
3-tur. «Dinamo» – «Qizilqum» – 0:0
4-tur. «Bunyodkor» – «Dinamo» – 2:1
5-tur. «Dinamo» – «Lokomotiv» – 3:1

«Neftchi»ning o‘tgan 5 turdagi natijasi:
1-tur. «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» – 1:0
2-tur. «Paxtakor» – «Neftchi» – 1:0
3-tur. «Neftchi» – «Co‘g‘diyona» – 1:2
4-tur. «Qizilqum» – «Neftchi» – 3:0
5-tur. «Neftchi» – «Bunyodkor» – 1:3

O‘zaro o‘yinlar tarixi: Ustunlik kimda?
Toshkentning «Paxtakor» jamoasidan keyin, mamlakatda ikkinchi bo‘lib 1960 yilda tashkil topgan Samarqand klubi va 1962 yilda tashkil etilgan Farg‘ona jamoasi Sobiq Ittifoq chempionatlaridan tashqari, 1992 yildan start olgan O‘zbekiston chempionatlari tarixida o‘zaro 52 marta o‘zaro to‘qnash kelgan.

Natijalar «Neftchi»ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Farg‘onaliklar 52 bahsning 35tasida g‘alaba qozongan. Aksariyat g‘alabalar «Neftchi»ning 26 yillik ustozi Yuriy Sarkisyan davriga to‘g‘ri keladi. 14 uchrashuvda «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan. 3ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati ham tabiiyki «Neftchi» foydasiga 91-44. O‘zaro o‘yinlarda «Neftchi» 108 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Dinamo» 45 ochkoga ega bo‘lgan.

Jamoalarning chempionat doirasidagi Samarqanddagi so‘nggi to‘qnashuvi 2021 yilning 21 noyabr kuni Pro liga doirasida o‘tib, 1:1 hisobida qayd etilgan. Superligadagi o‘zaro so‘nggi o‘yin esa 2017 yil o‘tib, «Dinamo» Adnan Oraxovasning yagona goli evaziga «Neftchi»ni mag‘lub etgan. Shuningdek, tomonlar kubok doirasida joriy mavsum to‘qnash kelib, vodiy klubi Predrag Rogan shogirdlari ustidan 2:0 hisobida ustun kelgan.

Samarqandda o‘tgan chempionat doirasidagi so‘nggi 12 uchrashuv:
21.11.2021 «Dinamo» - «Neftchi» 1:1
26.05.2021 «Dinamo» - «Neftchi» 0:1
10.11.2020 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
25.09.2020 «Dinamo» - «Neftchi» 0:1
08.11.2017 «Dinamo» - «Neftchi» 1:0
09.23.2015 «Dinamo» - «Neftchi» 0:1
17.10.2014 «Dinamo» - «Neftchi» 0:0
08.11.2013 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
17.11.2012 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
09.09.2011 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0
15.05.2010 «Dinamo» - «Neftchi» 3:1
26.04.2009 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0

Superliga. 6-tur.
30 aprel (shanba)
«Dinamo» - «Neftchi»
Samarqand, Dinamo stadioni.
Chipta narxi: 15 / 25 ming so‘m
Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:40
TV-translyasiya: Sport.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:16, 30.04.2022.
O'qildi: 1221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.