Usmon Dembele kasalligi tufayli "Barselona"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
24 yoshli vinger kataloniyaliklar jamoasining so‘nggi mashg‘ulotlarida tomoq og‘rig‘i sabab ishtirok etmadi.
La Liganing 34-turida “ko‘k-anorranglilar” 1 may kuni “Malyorka”ni qabul qiladi.
Fransuzning ushbu o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida.